100 savolga - 100 javob

100 savolga - 100 javob

January 19 , 2023

|

1880

Qishki qabul bo‘yicha bakalavr va magistratura uchun muhim savollarga javoblar.

SAVOL: Qishki qabulda bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida kunduzgi ta'lim shaklida o‘qish mumkinmi?

😄JAVOB: Qishki qabulda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida faqat sirtqi ta’lim shakliga hujjatlar qabul qilinadi.

SAVOL: Magistratura mutaxassisligida rus, ingliz tillarida guruhlar bormi?

😄JAVOB: Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 10 nafardan ortiq abituriyentlar qabul qilinsa, o‘qish tili ingliz/rus tillarida tashkil etiladi (alohida guruh shakllantiriladi).

SAVOL: Bakalavriat yo‘nalishlariga qabul tartibi qanday?

😄JAVOB: Bakalavriat yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga

📌 O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan,

📌 Kamida uch yillik mehnat stajiga ega,

📌 Ish beruvchining maxsus Tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadi.