Maxsus pedagogika yo‘nalishi talabalari Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi Zulfizar Baxadirova boshchiligida Invivo tibbiy reabilitatsiya markazida Yangi yil bayram tadbirida qatnashdilar.
Talabalar Yangi yilni shodon kutib olayotgan bolalarning quvonchiga sherik bo‘ldilar, ular bilan raqslarga tushdilar va bayram bilan tabrikladilar.
Shuningdek, amaliyotda bolalar bilan ishlash jarayonlari yaqindan kuzatildi. Markazning oliy toifali shifokori, xirurg Zebo Karimova talabalarga eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga tibbiy-korreksion pedagogik yordam natijalari borasida maʼlumotlar berdi.




