Poytaxtimizda har yili o’tkazilishi an’ana tusiga kirib ulgirgan “Coca Cola Students’ Cup” OTM talabalari o’rtasidagi futbol musobaqasiga start berildi.

May 15, 2025
399

Bu yilgi musobaqalarda yurtimizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 100dan ortiq OTM terma jamoalari g’oliblik uchun bahslarga kirishdilar.

Xalqaro Nordik universiteti sharafini esa, universitetimiz sportchi-yoshlaridan tashkil topgan “Nordik” jamoasi himoya qilmoqda. Bugun bahslarga kirishgan jamoamiz Astraxan davlat texnika universiteti fillialining “Astraxan” jamoasi bilan o’zaro kuch sinashdi va yakunda 2-1 hisobida g’alaba qozonib keyingi bosqich yo’llanmasini naqd qildi! Jamoamiz tomonidan kiritilgan gollarga “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo’nalishi 1-kurs talabasi Suxrob Kurbanbayev mualliflik qildi! Keyingi boshqichda jamoamiz PDP University jamoasi bilan kuch sinashadi, o’yin 16-may 16:30 da “Jar sport majmuasi”futbol maydonida bo’lib o’tadi! rus tiliga o'gir

photo-2025-05-14-23-31-04
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-14-23-31-08
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-14-23-31-10
Ko‘rib chiqish
photo-2025-05-14-23-48-43
Ko‘rib chiqish