📖 Muhokama markazida — "Ular o‘nta edi"

June 03, 2026
68

“Soʻzlovchi sahifa” kitobxonlar klubining navbatdagi uchrashuvi Agata Kristining mashhur “Ular oʻnta edi” asari muhokamasiga bagʻishlandi.

Talabalar asardagi sirli voqealar, qahramonlar xarakteri va muallif yaratgan keskin psixologik muhit yuzasidan fikr almashdilar. Qizgʻin bahs-munozaralar, savol-javoblar va interaktiv topshiriqlar detektiv janrning oʻziga xos jihatlarini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.


Asarning kutilmagan yakuni, adolat va javobgarlik haqidagi gʻoyalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

photo-2026-06-05-12-02-08
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-10-41-08
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-10-40-54
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-10-40-34
Ko‘rib chiqish