Nordik delegatsiyasi Polshada muhim uchrashuvlarda

June 01, 2026
114

Nordik universitetining xalqaro aloqalari amaliy hamkorlik va akademik almashinuvlar orqali tobora kengaymoqda.

Delegatsiyamiz Polshaning nufuzli WSEI universitetida Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida xizmat safarida bo‘ldi.


Tashrif davomida WSEI (Iqtisodiyot va innovatsiyalar) universiteti vice-rektori, professor Tomasz Wotowiec bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Muloqotda qo‘shma ta’lim loyihalari, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari hamda talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, Nordik vakillari WSEI talabalari uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.


E’tiborlisi, hamkorlik ikki tomonlama va izchil davom etmoqda. O‘tgan o‘quv yilida WSEI delegatsiyasi Nordik universitetiga tashrif buyurgan bo‘lsa, Nordikning faxrli talabasi Madinabonu Isaqova Erasmus+ KA171 ICM granti asosida WSEI universitetida muvaffaqiyatli tahsil oldi.


Javob tashrifi uchrashuvlarida esa ertangi hamkorlik loyihalarga poydevor qo‘yildi.

photo-2026-06-01-17-02-34
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-01-17-02-31
Ko‘rib chiqish