Dekan va yoshlar: talabaga yo‘naltirilgan taʼlim

October 16, 2026
130

Nordik universitetida talabalar faolligini oshirish, birinchi bosqich talabalarining universitet hayotiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash, talabalar klublari faoliyatini rivojlantirish hamda guruh sardorlarining yetakchilik salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Dekan va 1-kurs guruh sardorlari ishtirokidagi ochiq muloqotda talabalar hayotini yanada mazmunli tashkil etish, yoshlarning qiziqish va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, jamoaviy faollikni oshirish hamda talabalar tashabbuslarini universitet hayotiga kengroq tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Talabalar klublari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, ularda liderlik, jamoada ishlash, samarali muloqot, ijodkorlik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan, uchrashuvda klublar faoliyatini takomillashtirish, talabalarni qiziqishlari asosida birlashtirish va ularni yangi loyihalarga jalb etish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Guruh sardorlari talabalar ehtiyojlarini o‘rganish, ularning fikr va takliflarini yetkazish, guruhda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda universitet miqyosidagi tashabbuslarda tengdoshlarining faol ishtirokini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Uchrashuvda ushbu vazifalarni samarali tashkil etish, mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimlarini hamkorlikda izlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Foto galereya

3
photo-2026-10-16-15-40-22
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-16-15-40-25
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-16-15-40-29
Ko‘rib chiqish
Dekan va yoshlar: talabaga yo‘naltirilgan taʼlim - Nordic International University