TALABALARIMIZ — IT CASE MUSOBAQASI ISHTIROKCHILARI!

October 15, 2026
94

Xalqaro Nordik universiteti Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi 1-bosqich 4-JI-26 guruh talabalari Lumora va AICA hamkorligida tashkil etilgan IT Case musobaqasida faol ishtirok etdilar!

Musobaqa davomida talabalar real IT muammolari ustida ishladilar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalandilar, innovatsion g‘oyalar ishlab chiqdilar hamda o‘z yechimlarini taqdim etdilar. Shu orqali ular bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Talabalarning musobaqadagi ishtiroki Iqtisodiyot nazariyasi fani o‘qituvchilari, Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi ustozlari Sh. Suleymanova va U. Otaboyev rahbarligida tashkil etildi.

TALABALARIMIZ — IT CASE MUSOBAQASI ISHTIROKCHILARI! - Nordic International University