Readers Club: mutolaa, tafakkur va ilhomga boy ilk uchrashuv

October 14, 2026
74

Xalqaro Nordik universitetida Readers Club o‘z faoliyatini boshladi, klubning ilk uchrashuvi “Books That Stayed With Us” (“Biz bilan qolgan kitoblar”) mavzusida o‘tdi.

Unda talabalar ta’til davomida ingliz tilida o‘qigan asarlarini taqdim etdilar, asarlarning syujeti va qahramonlarini tahlil qildilar, muallif ilgari surgan g‘oyalar hamda o‘zlarining shaxsiy xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar. Keyin “Why This Book?” mashg‘ulotida ishtirokchilar o‘zlari tanlagan kitoblarni tavsiya qilib, ularning mazmuni va ahamiyatini asoslab berdilar. Uchrashuv “Guess the Book” va “One-Minute Pitch” interaktiv o‘yinlari bilan yakunlandi. Bu mashg‘ulotlar orqali talabalar kitoblarni tavsiflar asosida topish hamda o‘z fikrlarini ingliz tilida qisqa va aniq ifodalash ko‘nikmalarini sinab ko‘rdilar. Klubning keyingi uchrashuvi uchun James Clearning “Atomic Habits” asarini o‘qish tavsiya etildi. Klubga Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Djurayeva Nargiza rahbarlik qildi.

Foto galereya

3
photo-2026-10-16-15-57-52
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-16-15-57-55
Ko‘rib chiqish
photo-2026-10-16-15-57-59
Ko‘rib chiqish