
Nordikda musiqiy kecha: sahnani ishtiyoq va isteʼdod egalladi!
Jonli ijro, yorqin atmosfera va sevimli taronalar uyg‘unlashgan ushbu konsert haqiqiy musiqa bayramiga aylandi.
Sahnada yangragan har bir qo‘shiq tinglovchilar qalbiga yetib borib, ularni bir zumga bo‘lsa-da kundalik tashvishlardan uzoqlashtirdi. Ijrochilarning samimiy chiqishlari, kuchli ovozlari va sahnadagi ishonchli harakatlari tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.
Zalni to‘ldirgan iliq muhit, yorqin chiroqlar va musiqa ohanglari bir-biri bilan uyg‘unlashib, o‘ziga xos sehrli kayfiyat yaratdi. Tomoshabinlar sevimli taronalariga jo‘r bo‘lib kuylab, har bir chiqishni olqishlar bilan qarshi oldilar. Bu esa konsertni yanada jonli va samimiy ruhda o‘tishini ta’minladi.
Bu kecha nafaqat qo‘shiqlar, balki kayfiyat, ilhom va ijobiy energiya ham jarangladi. Har bir ishtirokchi ushbu konsertdan o‘zgacha taassurotlar, quvonchli his-tuyg‘ular va unutilmas xotiralar bilan qaytdi.



So'nggilari

Uchrashuv davomida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asari keng muhokama qilindi. Talabalar asardagi hayotiy voqealar, qahramonlarning kechinmalari va insoniy fazilatlar haqida fikr almashdi.

Mavzu: “Nutq nuqsonlarini davolashda o‘yin terapiyasining o‘rni”

“Kompyuter sporti”: musobaqaga taklif etamiz!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma va musobaqalar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.