Kitobxonlikdan — yangi g‘oyalar sari!

May 22, 2026
128

Xalqaro Nordik universitetida “Parchadan — g‘oyaga” nomli kitobxonlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar” hamda “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedralari hamkorligida, “Besh muhim tashabbus” doirasida tashkil etildi.


Musobaqa davomida talabalar kitobxonlik madaniyati, erkin va ijodiy fikrlash, tahliliy yondashish hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Tadbir yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.