
Kelajak dasturchilari: Nordik talabalari Java OOP bilimdonlari
KI-24 guruhining faol va intiluvchan talabalari Jahongir Ziyodullayev hamda Sardorbek Nurmatov yana bir muhim bosqichni muvaffaqiyat bilan yakunlashdi!
Ular Xalqaro Nordik universiteti va EPAM hamkorligida tashkil etilgan “Java OOP” o‘quv kursini tamomlab, sertifikatga ega bo‘lishdi.
Mazkur kurs davomida talabalar dasturlash asoslarini chuqur o‘zlashtirishdi, OOP tushunchalarini amaliyotda qo‘llash, IT sohasida professional rivojlanish uchun muhim fundamental bilim va tajribalar orttirishdi.
So'nggilari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma va musobaqalar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Nordik universiteti hamkor o‘quv muassasalari bilan birgalikda yoshlar salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi intellektual loyihalarni izchil davom ettirmoqda.

Koreya universitetlari bilan akademik hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda.

Nordik universitetida “Xorijiy tillarni o‘qitish va tarjima sohasida sun’iy intellektdan samarali foydalanishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.