Janubiy Koreyaning yirik madaniy va iqtisodiy hududi — Gyeongsangbuk-do bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ta’lim yarmarkasida tajriba almashish va yangi natijalarga yo‘l ochildi.
Nordik universiteti Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti dekani Elshod Umarov tomonidan olib borilgan muzokaralar natijasida Daegu universiteti bilan ta’lim sifati, akademik mobillik va qo‘shma dasturlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi istiqbolli yo‘nalishlar belgilandi.





