Fakultet hayoti

Federatsiya ➖ Nordik ➖ inklyuziv maktab hamkorligi: "Har bir yosh — imkoniyat egasi!"
Nordik universiteti hamkor o‘quv muassasalari bilan birgalikda yoshlar salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi intellektual loyihalarni izchil davom ettirmoqda.
Prezident tomonidan sport sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamkorligida o‘quvchilar hamda Nordik universiteti talabalari ishtirokida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi.
Bugungi ta’lim siyosatida inklyuzivlik zaruriy tamoyil. Shu maʼnoda, mazkur musobaqa orqali yoshlarning intellektual salohiyatini ochish, ularni ijtimoiy faollikka jalb etish hamda “har bir yosh — imkoniyat egasi” degan g‘oyani amalda ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi vakillari hamda xalqaro grossmeysterlar ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Bu bilan esa ishtirokchilar uchun nafaqat musobaqa, balki xalqaro darajadagi ustozlar tajribasidan bevosita bahramand bo‘lish imkoniyati ham yaratildi.
Shuningdek, shaxmatga oid kitoblar taqdimoti o‘tkazilib, bilim almashildi. Eng sara qo‘llanmalar jamlanmasi yosh ishtirokchilarga sovg‘a qilindi.
🏆 Shaxmat musobaqasi g‘oliblari (talabalar):
🥇 Zafar Zoitjonov
🥈 Farangiz Abdumo‘minova
🥉 Aziz Azimov.
🔲 Shashka bo‘yicha g‘oliblar (maktab o‘quvchilari):
🥇 Shukrulloxon Salomov
🥈 Diyorbek Joniqulov
🥉 Oybek Rahimqulov.
Nordik universitetida tafakkurli avlodni tarbiyalash, yosh yetakchilarni shakllantirish va ta’limda haqiqiy teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar izchil davom etadi.









So'nggilari

Nordikda “Fidoyilar” nomli xotira kechasi tashkil etilib, yoshlar uchun o‘ziga xos maʼnaviy uyg‘onish darsi bo‘ldi.

Nordik talabalari Raqamli texnologiyalar maktabi — School 21 hamda AI LAB hamkorligida tashkil etilgan “ИИ-Практикум” ta’limiy-texnologik intensivida ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asari keng muhokama qilindi. Talabalar asardagi hayotiy voqealar, qahramonlarning kechinmalari va insoniy fazilatlar haqida fikr almashdi.

Nordik universitetida fakultet dekanining klub sardorlari bilan samimiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.