Yangiliklar
Zarafshon shahar maorif xodimlarini eksklyuziv uchrashuv kutmoqda!

January 27 , 2023
528
Zarafshon shahrida XNU rahbariyati maorif xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
🏛 XNU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov va universitetning moliya ishlari bo‘yicha prorektori Nuriddin Murodullayev Navoiy viloyati Zarafshon shahar maorif xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
😀 Hamkorlar:
➖ Zarafshon shahar hokimligi
➖ Navoiy viloyati Maktabgacha va Maktab ta'limi boshqarmasi
📅 Qachon?
🗓 28-yanvar, shanba kuni
📌 Eksklyuziv uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
✅ XNUda fin modeliga asoslangan ta’lim tizimi va yaratilgan shart-sharoitlar
✅ Akademik va ilmiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar
✅ Qabul tartiblari va imkoniyatlar bilan tanishish
So'nggi yangiliklar

Nordikdan yangi ta’lim platformasi: talim365.uz!
🎓 “Talim365” — bu bilim, tajriba va zamonaviy pedagogik yondashuvlar jamlangan ochiq axborot maydoni. Unda ustozlar, tadqiqotchilar, talabalar hamda ota-onalar uchun ishonchli ma’lumotlar, tahlillar va muhim yangiliklar muntazam taqdim etib boriladi.
💡 Platformada:
✓ ta’limdagi eng dolzarb mavzular
✓ ekspert fikrlari va chuqur tahlillar
✓ innovatsion o‘qitish metodlari
✓ suhbatlar, maqolalar va maxsus reportajlar.
🌱 talim365.uz — bilimli, mustaqil fikrlaydigan va raqobatbardosh avlodni shakllantirishga xizmat qiluvchi yangi bilim maydoni.
Asosiy maqsad — ilm-fan rivojiga xizmat qiladigan g‘oyalarni ommalashtirish va ta’limning barcha bo‘g‘inlarida samaradorlikni oshirish.
🔎 Platforma barcha uchun ochiq — ta’limdagi muhim o‘zgarishlar, yangi qarashlar va dolzarb tahlillarni talim365.uz bilan birga kuzating.

Motivatsiya — ichki kuchingizni uyg‘oting!
U bizni oldinga undaydi, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka va maqsad sari qat’iyat bilan intilishga yordam beradi. Eng muhimi, motivatsiya insonni majburlamaydi, balki unga tanlash va ongli ravishda harakat qilish imkonini beradi.
🎓 Universitetimiz psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan o‘tkazilgan kichik tadqiqotda 51 nafar respondent-talabaning motivatsiya darajasi o‘rganildi.
📊 Natijalar quyidagicha:
🔹 37,3% talabalarda — balanddan ham yuqori motivatsiya
🔹 33,3% talabalarda — ancha yuqori motivatsiya
🔹 29,4% talabalarda — o‘rtacha motivatsiya.
💡 Bu ko‘rsatkichlar talabalarning aksariyatida bilim olishga intilish, shaxsiy rivojlanishga qiziqish va maqsad sari harakat qilish istagi kuchli ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, o‘rtacha motivatsiyaga ega talabalar bilan psixologik ishlashni kuchaytirish ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✨ Psixologlar tavsiya qiladi:
• Katta maqsadlarni kichik bosqichlarga bo‘ling
• Har bir muvaffaqiyatdan so‘ng o‘zingizni rag‘batlantiring
• Ijobiy fikrlashni shakllantiring: “Men qila olaman!”
• Yutuqlaringizni yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring.
🚀 Esda tuting: motivatsiya — muvaffaqiyat sari ilk qadam.
Uni to‘g‘ri yo‘naltirsangiz, imkoniyatlar eshigi albatta ochiladi.

Muhim uchrashuv: yoshlar, xavfsizlik va kelajak
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Shayxontohur tumaniga biriktirilgan ishchi guruhi vakillari hamda mutaxassislar talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kiberxavfsizlik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, rektor maslahatchisi va masʼullar tomonidan yoshlarga jamiyat xavfsizligi, vatanparvarlik va shaxsiy mas’uliyat haqida muhim fikrlar bildirildi.
Tadbirda, kiberxavfsizlik strategiyasi va kiberjinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, jonli va mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi.

“SCIENCE PATH”: G‘oyadan muvaffaqiyat sari!
lshtirokchilar ilmiy maqola nima, yozish nima uchun muhim, ilmiy muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligi haqida keng maʼlumotlar oldilar.
Loyiha 3 ta maxsus yo‘nalishda davom etadi:
🔬 ILMIY FAOLIYAT — “Menda g‘oya bor, lekin uni qanday qilib ilmiy maqolaga aylantirishni bilmayapman” deydiganlar uchun.
🚀 START-UP — "G‘oyam bilan dunyoni o‘zgartiraman va investitsiya jalb qilaman” deydigan kreativ fikrli yoshlar uchun.
🏆 STIPENDIYALAR — o‘z ism-sharifini xalqaro va nufuzli stipendiatlar ro‘yxatida ko‘rishni istagan intiluvchan talabalar uchun.
💡 Qaysi yo‘nalish sizniki?
O‘z jamoangizni tanlang va professional ustozlar bilan birga maqsad sari qat’iy qadam tashlang.
Batafsil: https://t.me/+se4i4MC0VE5kMWUy