Onlayn uchrashivda "Mening alifbe kitobim" va "Uyatchan fil" kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Muallif - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, bolalar yozuvchisi va illustratori Dinara Mo‘minova ishtirokchilarni mazkur yangi kitoblar bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda muallif bolajonlar bilan monitor orqali onlayn jonli suhbat o‘tkazdi. Qiziqarli Alifbe bilan tanishuv, uyatchanglikni yengish yo‘llari, muallif mutolaasi orqali sirk olamiga sayohat va tasvirlash - rasm chizish mashg‘ulotlari, ayniqsa turli sovg‘alar bolajonlarga quvonch ulashdi.
Uchrashuvda pedagog-talabalar picturebook - rasmli kitob janri bilan tanishdilar. Bolalar bilan kitobxon soatlarini o‘tkazish, mutolaa jarayonini boyitishda kerakli amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, matn va rasm uyg‘unligini taʼminlashda zarur jihatlarni o‘rgandilar.










