Yangiliklar
TasIMO-2025: xorijiy ishtirokchilar final bosqichiga saralab olindi!

March 27 , 2025
158
TasIMO-2025 xalqaro olimpiadasining xorijiy ishtirokchilar uchun tashkil etilgan 1-bosqich musobaqasida 48 mamlakatdan 850 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Natijalar tahlili hamda olimpiada qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, ulardan 242 nafari final bosqichiga tavsiya etildi.
Mazkur olimpiada yoshlarning bilim darajasini baholash, mantiqiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Final bosqichiga yo‘llanma olgan ishtirokchilar asosiy hal qiluvchi bosqichda o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ma’lumot uchun, xorijiy mamlakatlarning milliy jamoalari ham olimpiadaning final bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!
🔥 Barcha g‘oliblarga final bosqichda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
So'nggi yangiliklar

Zukko kitobxon - zukko avlod!
Onlayn uchrashivda "Mening alifbe kitobim" va "Uyatchan fil" kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Muallif - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, bolalar yozuvchisi va illustratori Dinara Mo‘minova ishtirokchilarni mazkur yangi kitoblar bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda muallif bolajonlar bilan monitor orqali onlayn jonli suhbat o‘tkazdi. Qiziqarli Alifbe bilan tanishuv, uyatchanglikni yengish yo‘llari, muallif mutolaasi orqali sirk olamiga sayohat va tasvirlash - rasm chizish mashg‘ulotlari, ayniqsa turli sovg‘alar bolajonlarga quvonch ulashdi.
Uchrashuvda pedagog-talabalar picturebook - rasmli kitob janri bilan tanishdilar. Bolalar bilan kitobxon soatlarini o‘tkazish, mutolaa jarayonini boyitishda kerakli amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, matn va rasm uyg‘unligini taʼminlashda zarur jihatlarni o‘rgandilar.

“Caring the Environment” — ochiq osmon ostida dars!
Interfaol o‘yinlar, brain battle, mini challenges, teamwork va eco-awareness bilan dars qizg‘in kechdi.
O‘qituvchi Durdona Azizova boshchiligidagi bu mashg‘ulot nafaqat bilim, balki motivatsiya ham ulashdi.

Mustaqil izlanuvchilikka navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkazildi
Tanlovda 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.13 - “Menejment” hamda 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)” ixtisosligi bo‘yicha talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimlari, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinaldi hamda baholandi.

Nordikda dasturchilar bahsi!
🏆 G‘oliblarimiz bilan tanishing:
🥇 1-o‘rin:
Lochinbek Abdullayev – 1-KI-24-guruhi talabasi
Imomjon Nazarov – 1-KI-24-guruhi talabasi.
🥈 2-o‘rin:
Dilmurod Almurotov – 1-KI-23-guruhi talabasi.
🥉 3-o‘rin:
Shahzod Mirzarahmatov – 1MDS-24-guruhi (magistratura) talabasi.
IQ, ijod va innovatsiya sinovlarida yuqori natijalar ko‘rsatgan talabalar taqdirlandilar.