Talabalar bilan jonli muloqot

October 28 , 2022
198
Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov talabalarning "Orientation week" o‘quv-tanishtiruv treningidan olgan taassurotlari, chiqargan xulosa va maqsadlari bilan tanishdi.
onli muloqotda rektor talabalarga universitetda yaratilgan xalqaro miqyosdagi imkoniyatlardan foydalanib, mustahkam nazariy va amaliy bilim poydevoriga ega bo‘lish, mustaqil ta'lim olishga ko‘proq vaqt ajratishni tavsiya qildi. Ilmiy-mantiqiy savol-javoblar bilan jonli va mazmunli o‘tkazilgan uchrashuvda talabalar o‘zlariga yanada aniq maqsadlar belgilab oldilar.
So'nggi yangiliklar

Nordik universitetida ijodiy imtihonlar!
Respublikamizning turli hududlaridan kelgan abituriyentlar ijodiy imtihonda qalam kuchi, o‘z fikrlarini erkin bayon etish mahorati bo‘yicha sinovdan o‘tdilar.
Musiqa taʼlimi yo‘nalishiga talabgorlar esa yozma, og‘zaki, cholg‘u va xonandalik ijrochiligidan qobiliyatlarini namoyish etishdi.
Imtihon sohalar yetakchilaridan iborat hakamlar hayʼati kuzatuvida shaffof o‘tkazilib, xolis baholandi.
📌 Nordikda hujjatlar qabuli davom etmoqda.
📞 Batafsil maʼlumot: +998555084400

PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi
Seminar majlisida universitet mustaqil izlanuvchisi Jasurbek Turg‘unovning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
“Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqotda ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asoslangan va dolzarb ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi Aziza Mirzaraximovaning 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligidagi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlar tadqiqoti" mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasi amaliy asoslanganligi eʼtirof etildi.
Seminar davomida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tayanch doktoranti Mahliyo Diyarovaning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosligidagi “Qurilish korxonalarida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi keng muhokama qilinib, zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur seminar innovatsion fikrlar va ilmiy asoslangan yondashuvlarni ilgari surish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida zamonaviy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarga mustahkam nazariy-amaliy tayanch yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Umarov Elshod G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi.
Tel.: +99895 505-44-00
e-mail: info@nordicuniversity.org