“Talaba — yugur”: bahorgi marafonga qo‘shiling!

“Talaba — yugur”: bahorgi marafonga qo‘shiling!

April 04 , 2025

|

48

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish maqsadida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasining bahorgi mavsumiga start berilmoqda.

Kimlar uchun:


🔹talabalar;

🔹professor-oʻqituvchilar;

🔹universitet xodimlari;

🔹koʻngillilar.


🗓13-aprel kuni – Toshkent shahrida start oladi. 

➡️ G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


📌 Musobaqada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting: 


➡️ http://yugur.uz


Chop etish

So'nggi yangiliklar

Toshkent – parlament diplomatiyasining markazi!

Toshkent – parlament diplomatiyasining markazi!

"Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati" — sessiyaning bosh mavzusi bo‘lib, parlamentlararo hamkorlik va adolatli jamiyat qurilishi yo‘lida muhim fikr almashuvlarga sabab bo‘ldi. Sessiya yakunida esa "Toshkent deklaratsiyasi" qabul qilindi!


Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Oybek Qulmamatov sessiyada Zambiya delegatsiyasiga tarjimon sifatida biriktirilib, xalqaro darajadagi muloqotda faol ishtirok etdi.


9-aprel kuni Zambiya delegatlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xushvaqt Haitov bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazib, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. 


Parlamentlararo ittifoqning assambleyasi O‘zbekistonning dunyo parlamentarizmidagi yetakchiligini namoyon etdi. Ustozlarimiz tomonidan talabalarga bu muhim tarixiy jarayonlar mohiyati yetkazilmoqda.

Germaniya akademik almashinuv xizmati vakillaridan eksklyuziv seminar

Germaniya akademik almashinuv xizmati vakillaridan eksklyuziv seminar

Chet tillar kafedrasi tashabbusi bilan tashkillangan seminarda turli oliygohlar talabalari ishtirok etdilar. Ularga Germaniyada bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish imkoniyatlari, grantlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha real tavsiyalar berildi. 


Shuningdek, nemis va ingliz tillaridagi bilimlarni baholovchi OnSET imtihoni tashkil etildi, aʼlo va yaxshi natijalar olindi.

Nordik davlatlari parlamentlar aʼzolari - Nordikda!

Nordik davlatlari parlamentlar aʼzolari - Nordikda!

Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasida ishtirok etgan 30 nafar nufuzli delegat universitetimizda samimiy kutib olindi, milliy madaniyatimiz va zamonaviy taʼlim muhiti bilan tanishdi. 


Delegatsiya aʼzolari Nordikda Finlandiya hukumati tomonidan taqdim etilgan ko‘rgazma - buyuk fin sayyohi Mannergeym fotosuratlari bilan tanishtirildilar.


Milliy liboslar, tandirdan issiq uzilgan ko‘k somsalar, bahor shukuhi va Nordik taronalari, milliy va yevropa kuylariga zavqli raqslar - bu tashrifdan unutilmas xotiralar uyg‘otdi. Mehmonlarning hayratlari va iliq taassurotlari Dil izhorlari kitobidan joy oldi. 


Nordik davlatlari va Nordik universiteti o‘rtasida do‘stlik ko‘prigi barpo etildi.

Xalqaro talabalarga sifatli masofaviy taʼlim beriladi

Xalqaro talabalarga sifatli masofaviy taʼlim beriladi

Mazkur uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, xitoylik talabalarni universitetda o‘qitish, ularning taʼlim jarayonini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, masofaviy taʼlimni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalar orqali o‘quv dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish