Talaba-yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy yo‘qotishlardan asrash - eʼtiborda

Talaba-yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy yo‘qotishlardan asrash - eʼtiborda

January 22 , 2025

|

265

Nordik universitetida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ikkita dolzarb mavzuda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi...

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari mayor A. Bilolov, kapitan Sh. Suyunov va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori, pokpolkovnik Baxtiyor Hamidov ishtirok etgan tadbirda giyohvandlik illatlaridan ogoh bo‘lish bo‘yicha ma'lumotlar berildi. 


Tadbirda ijtimoiy ildizlarga ega bu kasallik - narkotik moddalarga o‘rganib qolish insonni tanazzulga olib borishi, yoshlarning maʼlum qismini yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi taʼkidlandi. Giyohvandlik xavfidan xabardor qilish orqali oliy taʼlim muhitida narkogizm va giyohvandlik tarqalishining oldini olishga eʼtibor qaratildi. 


Shuningdek, Chilonzor tumani IIB AT sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo‘limi katta inspektori Bahrom Tojiboyev ishtirokida talabalarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim darajalarini oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. 


Profilaktik tadbirda milliy kibermakonda xavfsizlikni taʼminlashda yoshlar faolligini oshirish va global tendensiyalarni o‘rgatishga ahamiyat qaratildi. Talabalarning jamiyatimizda xavfsiz va sog‘lom muhit yaratishning zarur shartlari bo‘yicha huquqiy bilimlari oshirildi.


Tadbir davomida mavzuga doir videoroliklar yoshlar eʼtiboriga havola qilindi.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordik universitetida ijodiy imtihonlar!

Nordik universitetida ijodiy imtihonlar!

Respublikamizning turli hududlaridan kelgan abituriyentlar ijodiy imtihonda qalam kuchi, o‘z fikrlarini erkin bayon etish mahorati bo‘yicha sinovdan o‘tdilar. 


Musiqa taʼlimi yo‘nalishiga talabgorlar esa yozma, og‘zaki, cholg‘u va xonandalik ijrochiligidan qobiliyatlarini namoyish etishdi. 


Imtihon sohalar yetakchilaridan iborat hakamlar hayʼati kuzatuvida shaffof o‘tkazilib, xolis baholandi. 


📌 Nordikda hujjatlar qabuli davom etmoqda. 


📞 Batafsil maʼlumot: +998555084400


PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi

PhD darajasiga yo‘l: Nordik seminarida dissertatsiyalar muhokamasi

Seminar majlisida universitet mustaqil izlanuvchisi Jasurbek Turg‘unovning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.


“Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqotda ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asoslangan va dolzarb ekani ta’kidlandi.


Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi Aziza Mirzaraximovaning 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligidagi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlar tadqiqoti" mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasi amaliy asoslanganligi eʼtirof etildi.


Seminar davomida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tayanch doktoranti Mahliyo Diyarovaning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosligidagi “Qurilish korxonalarida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi keng muhokama qilinib, zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.


Mazkur seminar innovatsion fikrlar va ilmiy asoslangan yondashuvlarni ilgari surish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida zamonaviy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarga mustahkam nazariy-amaliy tayanch yaratish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Umarov Elshod G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Umarov Elshod G‘ulomovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.


Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi. 


Tel.: +99895 505-44-00

e-mail: info@nordicuniversity.org

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 15-iyul kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.


Manzil: 100043, Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi, 22A uyda joylashgan Xalqaro Nordik universiteti "Xadra" o‘quv binosi. 


Tel.: +99895 505-44-00

e-mail: info@nordicuniversity.org

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish