"Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalari tahririyatida bosh muharrir O‘tkir Rahmat va eng faol mualliflar, xususan rektorimiz Sherzod Mustafakulov o‘rtasida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
"Eng yaxshi maqolalar" tanlovi doirasida chop etilgan dolzarb mavzulardagi maqolalari uchun professor Sherzod Mustafakulov tahririyat Diplomi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
O‘tgan 2024-yil davomida professor-olimning “Sehrli diyor”dagi unutilmas muloqotlar”, “Yo ilmli bo‘ling yoki ilmga tayanib ish tutadigan...”, “Вести дела с опорой на науку", “O‘zbekiston - Estoniya: tizimli aloqalarning yangi bosqichi”, “Uzoq istiqbolga mo‘ljallangan loyihalar” sarlavhali qator maqolalari nashr etildi.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston ishbilarmonlar uchun qulay, iqtisodiyoti baquvvat va farovon mamlakatga aylanmoqda”, "Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasi: o‘zaro hamkorlik va birdamlikni mustahkamlashdagi yangi odimlar”, “Mehnat barometri: kasbiy bandlikni baholash O‘zbekistonga qanday naf keltiradi?” kabi qator dolzarb mavzulardagi ilmiy-ommabop maqolalari gazetalar sahifalarida yoritildi.




