A Promising Project to be Implemented in Kokand

February 20 , 2023
197
A Finnish waste management project is being launched in Kokand.
🌍 Niiles Airola, Director of Finland’s "Kauko International" company, a partner of Nordic International University, visited Kokand city.
♻ The company plans to implement a project to "Modernize the Waste Management System" in Kokand using Finnish technological solutions.
💰 The project’s total investment is 24 million euros.
🤝 Kokand City Mayor Ma'rufjon Usmonov welcomed Niiles Airola, and negotiations commenced.
Latest news

Xalqaro Nordik universiteti rektorining talabalar va ota-onalarga MUROJAATI
Bugungi kunda jamiyatimizni xavf ostiga qo‘yayotgan eng og‘ir muammolardan biri — giyohvandlik va narkotik vositalar tarqalishi yoshlarimizning salomatligi va kelajagi uchun jiddiy tahdid solayotgan jinoyatchilik holatlaridir. Ogohlik har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotgan davrda barchamizning eng asosiy vazifamiz — talabalarning nafaqat ilmiy, balki ma’naviy, ijtimoiy va jismoniy jihatdan sog‘lom, barkamol shaxs sifatida kamolga yetishishini ta’minlashdir.
Giyohvandlik faqatgina shaxsiy hayotga zarar yetkazmaydi, balki oilani parchalash, do‘stlar va jamiyat bilan aloqalarni buzish, hatto kelajakdagi imkoniyatlarni yo‘qotish bilan ham kelajakka tahdid soladi. Har bir yosh hayotning qadrini anglab, o‘z salomatligi va aqliy rivojlanishi uchun mas’uliyatni his qilishi shart. Narkojinoyatchilik esa nafaqat qonunga zid ish, balki inson qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi og‘ir jinoyatdir.
Shu bois, Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati va jamoasi barcha talabalarni:
Giyohvandlik va noqonuniy moddalarning barcha xavf-xatarlarini chuqur anglash
Do‘stlar va oila bilan mustahkam ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish
Sog‘lom turmush tarziga amal qilib, sport bilan muntazam shug‘ullanish
Muammolarni hal qilishda yordam so‘rashdan tortinmaslikka chaqiradi!
Aziz ota-onalar!
Farzandlaringiz hayotida doimo ustuvor qo‘llab-quvvatlovchi va ogohlantiruvchi bo‘lishingiz maqsadga muvofiqdir. Ularni nafaqat ilmga chorlash, balki hayotiy tajribalarni bo‘lishish va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishga ko‘proq vaqt ajratish orqali giyohvandlik va jinoyatchilikning og‘ir oqibatlaridan himoya qilish zarur.
Birgalikda yoshlarimizning kelajagini asrab-avaylab, jamiyatimizda xavfsiz va sog‘lom muhit barqarorligiga hissa qo‘sha olamiz. E’tiborsiz qoldirilgan lahzalarda farzandlarning butun bir hayoti barbod bo‘lishi mumkin...
Shuning uchun ogohlik va mas’uliyatga birinchi qadriyat sifatida qaraylik!
Kelajakka ishongan, hayotini qadrlagan har bir talaba, ota-ona, ustoz, shuningdek barcha kuzatuvchilarimizni Xalqaro Nordik universiteti nomidan ogohlikka chorlaymiz: hayotingizni, sog‘ligingizni va kelajagingizni himoya qiling. Narkotik va giyohvandlik yo‘lidan uzoq turing!
Barchangizga tinchlik, sog‘lik va barkamol hayot tilayman!
Sherzod Mustafakuliv,
Xalqaro Nordik universiteti rektori

“Zamonaviy media: huquq, xavfsizlik va raqamli vositalar” – yosh jurnalistlar uchun trening boshlandi
Ochilish qismida ishtirokchilar trening maqsadlari va kutilayotgan natijalar bilan tanishtirildi, o‘zaro tanishuv va fikr almashish muhiti yaratildi.
“Qonun ustuvorligi, inson huquqlari va demokratlashtirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori Ofisi ko‘magida o‘tkazilayotgan treningda Nordic University talabalari hamda yosh jurnalistlar ishtirok etishmoqda.
Bugungi mashg‘ulotlar davomida Patent vakillari assotsiatsiyasi rahbari, yurist va mediator Madina Tursunova ishtirokchilarga O‘zbekistonda OAV to‘g‘risidagi qonunchilik, jurnalist huquqlarini himoya qilish mexanizmlari, tahririyatning mas’uliyati hamda axborot olish tartibi haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Zamonaviy jurnalistikaning asosiy tamoyillari, davlat organlaridan ma’lumot olish jarayonlari, so‘rov yuborish qoidalari ham amaliy misollar orqali muhokama qilindi.
Bugungi axborot oqimi keskin tezlashgan davrda jurnalistning xavfsiz va qonuniy ishlashi, feyk ma’lumotlarni aniqlay olishi, ochiq ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanishi va auditoriya ishonchini saqlashi muhim.
Shu nuqtai nazardan trening nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Besh kun davom etadigan treningda ishtirokchilar professional faktcheking, jurnalistik surishtiruv, media va axborot savodxonligi, “hate speech”ning turli jihatlari, SMM va kontent ishlab chiqish, shuningdek AI vositalari bilan ishlash bo‘yicha chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlar o‘tadilar.

Universitet Kengashining 11-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Kun tartibidagi masala - Toshkent shahar maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida fizika-matematika olimpiadasini o‘tkazish, pedagoglar salohiyatini oshirish va "maktab–universitet" integratsiyasini kuchaytirish masalasi ko‘rildi. Oldinda turgan vazifalar belgilandi.
Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari talabalarining amaliyot tartibi bo‘yicha dasturlar va Nizomni tasdiqlash, amaliyot jarayonini standartlashtirish va samaradorligini oshirish masalasida masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, universitetni kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, sifat kafolati tizimini mustahkamlash va xalqaro standartlarga moslashtirish masalasi keng muhokama qilindi.
Kengashda 2026-yil uchun tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul masalasi — ilmiy kadrlar salohiyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarga doir qarorlar — vaqtincha lavozim topshiriqlari hamda yangi o‘quv-adabiyotlarni nashrga tavsiya etish, "Work and travel" dasturini takomillashtirish, talabalar uchun xalqaro tajriba imkoniyatlarini kengaytirishga oid muhim masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Kengashda ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

A Healthy Lifestyle — A Symbol of Living Right
Another sports competition was held at Nordic University.
Students demonstrated their speed, agility, and concentration skills.
The competition, which took place in an atmosphere of unity, friendship, and good spirits, highlighted participants with strong sportsmanship and excellent game culture.
🏅 The most active and skilled students were awarded.
