Bu asar qahramonini maqsad yo‘lida to‘siqlarni yengib o‘tish va odamiylik cho‘qqisini zabt etishga undovchi, vijdon ramzi deb atasak bo‘ladi.
Asar ilm yo‘lidagi insonlarga shaxsiy hayotida ham ilmni tushunadigan inson kerakligining isboti hamdir.
"Puankare" asari universitet jamoasi va talabalar tomonidan qiziqish bilan o‘qildi. Universitet Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan kitobsevarlar ishtirokidagi tadbirda keng muhokama qilindi.
Tadbir davomida XNU Axborot-resurs markaziga yangi kelgan kitoblar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.




