O‘zbekiston taʼlimida inklyuzivlik: pedagog-talabalar mahorati oshirildi

O‘zbekiston taʼlimida inklyuzivlik: pedagog-talabalar mahorati oshirildi

November 22 , 2025

|

949

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida o‘quv seminar tashkil etildi.

Magistrant va doktorantlar ishtirokidagi seminarda inklyuziv taʼlimni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, mavjud imkoniyatlar hamda maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun metodik yondashuvlar atroflicha muhokama qilindi.


Ishtirokchilar pedagoglarning tayyorgarligi, taʼlim jarayonida barcha bolalarga teng imkoniyat yaratish va xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlarida fikr almashdilar. 


Taqdimot va savol-javoblarda muhim amaliy tavsiyalar va metodik ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ushbu sohada ilmiy tadqiqotlar hajmini oshirish va hamkorlikni kengaytirish borasida oldinda turgan vazifalar belgilandi.