Yangiliklar
"O‘zbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish yo‘nalishlari va istiqbollari – YOSHLAR NIGOHIDA

February 09 , 2024
466
XNUda "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
📅 Joriy yilning 2-mart kuni respublikamiz oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari vakillari, yosh olimlar va talabalarni Xalqaro Nordik universitetida o‘tkazilayotgan respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz!
📌 Konferensiya yo‘nalishlari:
1️⃣ Ta’lim tizimi islohotlari, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi o‘ziga xos jihatlar.
2️⃣ Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar – xalq kelajagi uchun poydevor.
3️⃣ O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni ta’minlashning tashkiliy mexanizmlari.
4️⃣ O‘zbekiston iqtisodiyotining modernizatsiyasi, barqaror iqtisodiyot va xalqaro hamkorlik.
5️⃣ Yoshlarga oid davlat siyosati, ma’naviy taraqqiyot va madaniyat sohasidagi islohotlar.
♻️ Konferensiya to‘plamida e’lon qilish uchun tezis matningizni
📩 29-fevralga qadar tolibjonovxurshidbek01@gmail.com manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
🔰 Tezislarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishing:
➡️ Tezislarga qo‘yiladigan talablar
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Tel: +998998694712
Telegram: @Nordic_conference
So'nggi yangiliklar

Nordikdan yangi ta’lim platformasi: talim365.uz!
🎓 “Talim365” — bu bilim, tajriba va zamonaviy pedagogik yondashuvlar jamlangan ochiq axborot maydoni. Unda ustozlar, tadqiqotchilar, talabalar hamda ota-onalar uchun ishonchli ma’lumotlar, tahlillar va muhim yangiliklar muntazam taqdim etib boriladi.
💡 Platformada:
✓ ta’limdagi eng dolzarb mavzular
✓ ekspert fikrlari va chuqur tahlillar
✓ innovatsion o‘qitish metodlari
✓ suhbatlar, maqolalar va maxsus reportajlar.
🌱 talim365.uz — bilimli, mustaqil fikrlaydigan va raqobatbardosh avlodni shakllantirishga xizmat qiluvchi yangi bilim maydoni.
Asosiy maqsad — ilm-fan rivojiga xizmat qiladigan g‘oyalarni ommalashtirish va ta’limning barcha bo‘g‘inlarida samaradorlikni oshirish.
🔎 Platforma barcha uchun ochiq — ta’limdagi muhim o‘zgarishlar, yangi qarashlar va dolzarb tahlillarni talim365.uz bilan birga kuzating.

Motivatsiya — ichki kuchingizni uyg‘oting!
U bizni oldinga undaydi, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka va maqsad sari qat’iyat bilan intilishga yordam beradi. Eng muhimi, motivatsiya insonni majburlamaydi, balki unga tanlash va ongli ravishda harakat qilish imkonini beradi.
🎓 Universitetimiz psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan o‘tkazilgan kichik tadqiqotda 51 nafar respondent-talabaning motivatsiya darajasi o‘rganildi.
📊 Natijalar quyidagicha:
🔹 37,3% talabalarda — balanddan ham yuqori motivatsiya
🔹 33,3% talabalarda — ancha yuqori motivatsiya
🔹 29,4% talabalarda — o‘rtacha motivatsiya.
💡 Bu ko‘rsatkichlar talabalarning aksariyatida bilim olishga intilish, shaxsiy rivojlanishga qiziqish va maqsad sari harakat qilish istagi kuchli ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, o‘rtacha motivatsiyaga ega talabalar bilan psixologik ishlashni kuchaytirish ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
✨ Psixologlar tavsiya qiladi:
• Katta maqsadlarni kichik bosqichlarga bo‘ling
• Har bir muvaffaqiyatdan so‘ng o‘zingizni rag‘batlantiring
• Ijobiy fikrlashni shakllantiring: “Men qila olaman!”
• Yutuqlaringizni yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring.
🚀 Esda tuting: motivatsiya — muvaffaqiyat sari ilk qadam.
Uni to‘g‘ri yo‘naltirsangiz, imkoniyatlar eshigi albatta ochiladi.

Muhim uchrashuv: yoshlar, xavfsizlik va kelajak
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Shayxontohur tumaniga biriktirilgan ishchi guruhi vakillari hamda mutaxassislar talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kiberxavfsizlik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar, rektor maslahatchisi va masʼullar tomonidan yoshlarga jamiyat xavfsizligi, vatanparvarlik va shaxsiy mas’uliyat haqida muhim fikrlar bildirildi.
Tadbirda, kiberxavfsizlik strategiyasi va kiberjinoyatchilikning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, jonli va mazmunli muloqot bo‘lib o‘tdi.

“SCIENCE PATH”: G‘oyadan muvaffaqiyat sari!
lshtirokchilar ilmiy maqola nima, yozish nima uchun muhim, ilmiy muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligi haqida keng maʼlumotlar oldilar.
Loyiha 3 ta maxsus yo‘nalishda davom etadi:
🔬 ILMIY FAOLIYAT — “Menda g‘oya bor, lekin uni qanday qilib ilmiy maqolaga aylantirishni bilmayapman” deydiganlar uchun.
🚀 START-UP — "G‘oyam bilan dunyoni o‘zgartiraman va investitsiya jalb qilaman” deydigan kreativ fikrli yoshlar uchun.
🏆 STIPENDIYALAR — o‘z ism-sharifini xalqaro va nufuzli stipendiatlar ro‘yxatida ko‘rishni istagan intiluvchan talabalar uchun.
💡 Qaysi yo‘nalish sizniki?
O‘z jamoangizni tanlang va professional ustozlar bilan birga maqsad sari qat’iy qadam tashlang.
Batafsil: https://t.me/+se4i4MC0VE5kMWUy