Ochiq dars adabiyot bayramiga aylandi! ✨

June 02 , 2025
36
Boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishi talaba-qizlari ishtirokida "G‘arb bolalar adabiyoti" fani doirasida ochiq dars o‘tkazildi.
Talabalar darslar davomida olgan nazariy bilimlarini amaliy tarzda namoyon etishdi — badiiy asarlar bo‘yicha bilimlar bellashuvi, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar - bularning barchasi darsni unutilmas lahzalar bilan to‘ldirdi.
Eng faol va iqtidorli ishtirokchilar ustozlari Sitorabonudan esdalik sovg‘alarini qabul qilib olishar ekan, yuzlarida faxr va quvonch aks etdi.
Yana bir yangilik — talabalar darsdan ilhomlanib yaratgan suratli bolalar kitoblarini Pedagogika kafedrasi ustozlari qoshida taqdimot qilib berishdi.



So'nggi yangiliklar

Psixologiya forumi: zamonaviy chaqiriqlar, innovatsion yechimlar!
Forumda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti rektori Eʼzoza Karimova, Profi universiteti rektori, akademik G‘ayrat Shodumarov, Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Nordik universiteti professor-olimlari, “Dar” “Syntone premium” psixologik markazlari tajribali mutaxassislari ochiq muloqot va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ilmiy-intellektual uchrashuv yangi tajribalarni o‘rganish imkonini beruvchi muhim maydon vazifasini o‘tadi.
“Ta’lim jarayonida ishtirokchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash nima uchun zarur?” mavzusi doirasida ochiq muloqot va fikrlar almashinuvi o‘tkazildi.
Forum davomida ishtirokchilar ko‘rgazma va amaliy mashg‘ulot xonalarida bolalarning rivojlanishiga yo‘naltirilgan redjio pedagogika, san’at terapiyasi, ertak terapiyasi, neyropsixologiya va emotsional intellekt maydonlarida o‘zaro tajriba almashdilar.
Sho‘ba yig‘ilishlarida inqirozli vaziyatlarda bolalar va ota-onalar bilan ishlash, qarshilikni hamkorlikka aylantirish usullari, psixolog, tarbiyachi-o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, raqamli xavfsizlik va psixologiya masalalarida faoliyat olib borildi.
Forumda "Ta’lim ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi uslubiy qo‘llanma" tanlovi e’lon qilinib, psixologik xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
Xalqaro forumda ilg‘or davlatlar tajribalari asosida mahalliy sharoitga mos innovatsion yechimlar taqdim etildi. Fikrlar, ilmiy tahlillar va amaliy g‘oyalar asosida kelajak uchun aniq yo‘nalishlar belgilab olindi. Bu anjuman nafaqat ilmiy almashinuv, balki hamkorliklarga keng yo‘l ochdi.

Psixologiya: bugun va ertaga! Nordik universitetida muhim forum
Forumning asosiy maqsadi – ta’lim tizimidagi barcha ishtirokchilar - o‘quvchilar, ota-onalar, ustozlar va mutaxassislar uchun psixologik farovonlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali yondashuvlarni aniqlash va amaliyotga joriy etish.
Forum doirasida: zamonaviy psixologik yondashuvlar taqdim etilmoqda. Innovatsion yechimlar muhokama qilinyapti va psixologlar, pedagoglar va ekspertlar o‘zaro tajriba almashyapti.
Forum ochilishida mutasaddilar tomonidan taʼlim jarayonida sog‘lom psixologik muhit yaratish va tizimli yondashuvlarning ahamiyati keng muhokama qilindi.

Nordikda amaliyotchi jurnalistlar uchun 5 kunlik trening boshlandi!
O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ushbu treningda professional ustozlardan yangi bilim, yangicha yondashuvlarni o‘rganishmoqda.
Treningda tajribali mutaxassislar - Serdjio Kantone (Euronews bosh muharriri o‘rinbosari), Boyan Brkich (Euronews Qozog‘iston ofisi rahbari) tomonidan mahorat darslari o‘tilyapti.
Treningning 1-kunida kamera oldida so‘zlash mahorati, intervyuga tayyorgarlik va to‘g‘ri savol tuzish kabi muhim mavzular doirasida malaka oshirildi.

Nordikdan bolajonlarga mehr-eʼtibor va sovg‘alar!
Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 522-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotida alohida yordamga muhtoj bolajonlar uchun Xalqaro Nordik universiteti tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.
🌟 Bu ezgu tashabbusda Nordik oilasi bolajonlarga sovg‘alar ulashdi, birga o‘yin-kulgu qilindi, ularning chehrasidagi beg‘ubor tabassumlar esa Nordikchilarga eng katta mukofot bo‘ldi!