Nordik universitetida ezgulik, axloqiy g‘oyalar targ‘ibotiga asoslangan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi adabiy uchrashuv o‘tkazildi

Nordik universitetida ezgulik, axloqiy g‘oyalar targ‘ibotiga asoslangan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi adabiy uchrashuv o‘tkazildi

December 16 , 2024

|

502

Olim va yoshlar

Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov uchrashuv mehmoni - adabiyotshunos olim, “Shuhrat” medali, “Xalq ta’limi a’lochisi” unvoni sohibi, qator asarlar va eng yaxshi adabiy ko‘rsatuvlardan biri “Hayrat”ning muallifi Rahmon Qo‘chqorni talabalarga tanishtirdi. 


Respublikamizning eng yirik ma’naviyat targ‘ibotchilaridan biri bo‘lgan taniqli olim anjumanda talaba-yoshlarga G‘afur G‘ulom hayoti va ijodining ko‘pchilikka ma'lum bo‘lmagan noyob qirralari, yurt va xalq qayg‘usida yozilgan ammo u yashagan davr taqozosi bilan nashr etilmay qolgan ko'plab satrlaridan namunalar keltirdi.


Anjumanda Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi xalqimizning qator ulug‘ insonlari ijodi va faoliyatiga teran nazar solindi. 


Rahmon Qo‘chqor adabiy, tarixiy evrilishlar, fikrlash va xalq tafakkurining ahamiyati haqida boy mulohazalarini yoshlarga yetkazdi.

  

Uchrashuvda madaniy merosimiz, ijtimoiy hayot shaklimiz va axloq masalalariga keng nazar solindi. Talabalar xalqimiz, millatimizni hurmatlash, o‘z vazifalarini halol bajarish va birlashishga undaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan manbalarni saralab o‘qish borasida ham zarur tavsiyalar berildi.


Adabiy uchrashuv talabalarni kitob mutolaasiga yanada yaqinlashtirishda ibrat bo‘ladigan fikrlarga boy o‘tdi. Zero, ilmli yoshlargina mamlakat taraqqiyotining kafolatidir. 


Anjuman davomida Nordik “Talabalar teatr studiyasi” a’zolari yangi spektakl - “Qadam” sahna asarini taqdim etdilar.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordikning yangi adabiyotlari nashrga tasdiqlandi

Nordikning yangi adabiyotlari nashrga tasdiqlandi

📘 "Jahon tarixi: Eng qadimgi davr va ilk davlatlar" — mualliflar: Muxriddin Pardayev, Najmiddin Qodirov. 


Bu o‘quv qo‘llanma talabalar va tarix ixlosmandlari uchun yangi ilmiy poydevordir. 


📗 "Iqtisodiy rivojlanish" darsligi — mualliflar Raʼno Mardonova, Javlonbek O‘razaliyev, Mashhurbek Maqsudov, Madina Shakirova. 


Darslik global iqtisodiyot, barqaror o‘sish, zamonaviy islohotlardan xabardorlik darajasini oshiradi, tahliliy fikrlashni oshiruvchi zamonaviy qo‘llanmadir. 


💻 "Digital Technologies" o‘quv qo‘llanmasi — muallif Muzaffarjon Abdulaxatov. 


Bu adabiyot raqamli dunyo, sun’iy intellekt, zamonaviy IT yechimlar — kelajak kasblariga tayyorlaydigan amaliy va innovatsion qo‘llanmadir. 


📖 Nordik nashrlari bilan ilm doirangizni kengaytirib boring!

Komil inson sari: bo‘lajak pedagoglar uchun motivatsion uchrashuv

Komil inson sari: bo‘lajak pedagoglar uchun motivatsion uchrashuv

“Komil inson, mahoratli mutaxassis va shaxs” mavzusida o‘tgan mazkur dars ilmiy-motivatsion maydonga aylandi. 


Trenerlar — Nordik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Odil Qo‘ysinov hamda Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi professori Sherali Abduraimov ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim falsafasi mazmun-mohiyatini tahliliy yondashuvlar bilan ochib berdilar.


Ochiq muloqot formatida o‘tgan dars davomida ta’lim islohotlarining amaliy natijalari, Finlandiya tajribasi va xalqaro standartlarga asoslangan yondashuvlar, real keyslar asosidagi yechimlar muhokama qilindi.


Shuningdek, Xalqaro Nordik universitetining zamonaviy ta’lim xizmatlari, kadrlar tayyorlash va malaka oshirishdagi innovatsion yondashuvlari, qo‘shma dasturlar hamda stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.


Mahorat darsida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda amaliyotchi mutaxassislar faol ishtirok etib, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.


Nordikdan yana bir xalqaro natija — Scopus Q1: ustozlarimiz maqolalari yuqori ilmiy segmentlarda

Nordikdan yana bir xalqaro natija — Scopus Q1: ustozlarimiz maqolalari yuqori ilmiy segmentlarda

Bu maqola xalqaro ekspertlar taqrizidan muvaffaqiyatli o‘tgan, ilmiy yangilik va metodologik mustahkamligi isbotlangan tadqiqot demakdir.


🔬 1-MAQOLA 🧬 Sog‘liqni 24/7 nazorat qilish imkoniyatini beruvchi biointegratsiyalashgan tizimlar haqida. 


“Materiallar, qurilma arxitekturasi va klinik qo‘llanmalar asosida uzluksiz tibbiy monitoring uchun biointegratsiyalashgan tizimlar” mavzusida. 


Ushbu tadqiqotda inson salomatligini real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beruvchi biointegratsiyalashgan wearable (taqiladigan) tizimlar ilmiy tahlil qilingan. Yurak urishi, qon bosimi, glyukoza darajasi, kislorod to‘yinganligi — bularni uzluksiz kuzatish endi bugunning texnologik haqiqatidir.


Maqolada ilg‘or biomateriallar, qurilma arxitekturasi va klinik qo‘llanmalar ilmiy asosda yoritilgan.


🔗 To‘liq maqola: https://nesciences.com/article/72994/


🔬 2-MAQOLA kasallikni erta aniqlash — hayotni saqlab qolish imkoniyatiga bag‘ishlangan. 


“Yuqori sezgir aniqlash va bemor yonida qaror qabul qilishni ta’minlovchi translatsion tibbiyot uchun mikro-nano muhandislik asosidagi biosensor platformalar” mavzusida. 


Mazkur maqolada mikro va nano muhandislik asosidagi biosensor platformalar tahlil qilingan. 


Point-of-Care texnologiyasi — laboratoriyadan tashqarida, bemor yonida tezkor diagnostika.


Yuqori sezgirlik va aniqlik zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb talabidir. 


Bu tadqiqot nafaqat ilmiy yangilik, balki klinik amaliyotga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimdir.


🔗 To‘liq maqola bilan tanishish: https://nesciences.com/article/72983/

O‘zbekiston 24 | Carnegie R1 darajasidagi hamkorlik: Toshkentdan Vashingtongacha ilmiy ko‘prik qurildi!

O‘zbekiston 24 | Carnegie R1 darajasidagi hamkorlik: Toshkentdan Vashingtongacha ilmiy ko‘prik qurildi!

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi Xalqaro Nordik universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik — amaliy natijaga yo‘naltirilgan ilmiy qadam. 


Nordic — Rowan (https://www.rowan.edu/) hamkorligida ochilgan xalqaro markazda talabalar:

➖ ikki tomonlama diplom dasturlari orqali ikki universitet diplomini qo‘lga kiritish;

➖ Toshkentdagi markazda tahsil olib, AQShdagi ta’lim muhitiga yo‘l olish;

➖ ilmiy izlanishlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi orqali global tajribaga ega bo‘lish imkoniyatiga erishadilar. 


“Mamlakatlar va xalqlarni hamkorlikka chorlaydigan har qanday tashabbus ijodiy natija beradi”, — deydi doktor Lowman.

Bu tashrif — nafaqat diplomatik muloqot, balki ilmiy integratsiya, innovatsion tafakkur va yoshlar uchun global imkoniyatlar maydonidir."


Kuz mavsumida dasturga qiziqish yanada oshishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekiston–AQSh ilmiy hamkorligining yangi bosqichga chiqayotganidan dalolat.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish