Nordik tadqiqotchilari ilmiy-amaliy seminarda

March 13 , 2025
22
“Ilmiy faoliyatni samarali tashkil qilishning zamonaviy usullari” mavzusidagi seminarda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat va ilmiy jarayonlarni boshqarish ko‘nikmalari oshirildi.
Ilmiy va innovatsion departament boshlig‘i Farhod Irisqulov va Magistratura fakulteti dekani Zulfiya Hamidova mavzu doirasida seminar-trening o‘tkazdilar. IMRAD formatida maqola tayyorlash va chop etish borasida zarur tavsiyalar berdilar.
Universitet doktorantlari Rushana Aliakbarova va Dilnoza Sabrdjanovalar o‘z ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan erishilgan natijalari bo‘yicha hisobotlar berdilar.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odil Qo‘ysinov ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tajribalarini yetkazdi.
Anʼanaviy tarzda o‘tkazilayotgan seminarlar davomida tadqiqotchilar ilmiy faoliyatlarida muhim savollariga javoblar olishmoqda.



So'ngi yangiliklar

Master-klass: taʼlimda refleksiya va aks ettirish amaliyoti o‘rganildi
Loyiha doirasida "Reflection and Reflective Practice" mavzusida master-klass o‘tkazildi. Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan master-klassda 2 va 3-bosqich talabalari refleksiya tushunchasi va uni o‘quv jarayonida qo‘llash usullari bilan yaqindan tanishdilar.
Master-klass davomida ishtirokchilar o‘z pedagogik amaliyotlarini tahlil qilish va takomillashtirish yo‘llarini o‘rganib, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Nordik tadqiqotchilari ilmiy-amaliy seminarda
Ilmiy va innovatsion departament boshlig‘i Farhod Irisqulov va Magistratura fakulteti dekani Zulfiya Hamidova mavzu doirasida seminar-trening o‘tkazdilar. IMRAD formatida maqola tayyorlash va chop etish borasida zarur tavsiyalar berdilar.
Universitet doktorantlari Rushana Aliakbarova va Dilnoza Sabrdjanovalar o‘z ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan erishilgan natijalari bo‘yicha hisobotlar berdilar.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odil Qo‘ysinov ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tajribalarini yetkazdi.
Anʼanaviy tarzda o‘tkazilayotgan seminarlar davomida tadqiqotchilar ilmiy faoliyatlarida muhim savollariga javoblar olishmoqda.

Xasan Sabirov dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi!
U belgilangan maxsus fan imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, 08.00.06 — "Ekonometrika va statistika" ixtisosligi bo‘yicha dotsentlik diplomini oldi.
Xasan Sabirovni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelgusi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

YTO International vakillari Nordikda: hamkorlik imkoniyatlari o‘rganildi
Uchrashuv davomida YTO International kompaniyasining mintaqaviy ofislarida talabalarning stajirovka o‘tashi va xitoylik talabalarni Nordik universitetida o‘qitish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari YTO Internationalning 18 mamlakat va mintaqadagi 50 dan ortiq stansiyalari, 150 dan ortiq mamlakat va mintaqalardagi 2000 dan ortiq global havo va dengiz yuki bilan ishlash yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan tanishtirdilar.
Kompaniya butun dunyo bo‘ylab xizmat ko‘rsatuvchi yetakchi global logistika provayderlari bilan strategik hamkorlikka egaligi, talabalar uchun xalqaro maydonlarda stajirovka o‘tash imkoniyatlari mavjudligini maʼlum qilindi.