Yilning eng yaxshi tarbiyachilari - talabalarimiz!

Yilning eng yaxshi tarbiyachilari - talabalarimiz!

November 09 , 2022

|

1637

Ma'lumki, 2022-yilning 20-21 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” respublika kasbiy koʻrik-tanlovida qator nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi. Eng yaxshi metodist, kreativ tarbiyachilar nomi ma'lum bo‘ldi.

Quvonchlisi, yilning eng yaxshi tarbiyachilari uchun qo‘shaloq omad yor bo‘ldi. Oliy ma'lumot olishdek orzulari ham ushaldi. Universitetimiz va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan o'zaro kelishuvga muvofiq 11 nafar Yil tarbiyachisi Xalqaro Nordik universitetiga grant asosida talabalikka tavsiya etildilar. Barcha talaba-tarbiyachilarimizni muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz!