LMS platformasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda

February 09 , 2023
1054
XNUda LMS tizimining imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
📌 Universitetimizda LMS tizimining yangi imkoniyatlarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
🎓 Seminar-trening davomida:
✅ LMS tizimining funksiyalari va parametrlarini samarali qo‘llash
✅ O‘quv jarayonida interaktiv va raqamli resurslardan foydalanish
✅ Professor-o‘qituvchilarning LMS orqali dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishi
💻 Treningda IT departamentimiz mutaxassisi Xasanjon Topilov tizim imkoniyatlari bo‘yicha universitet ustozlarining malakasini yanada oshirdi.
So'nggi yangiliklar

Sohibqironni anglash: eng munosib ijodiy ishlanmalar egalari taqdirlandi
Tanlov davomida talabalar Sohibqiron Amir Temur siymosini turli nigoh va yondashuvlar bilan talqin etdilar: strateg va davlat arbobi sifatida tasvirlashdi, adolat, ilm va bunyodkorlikka tayangan siyosatini zamonaviy qarashlar bilan uyg‘unlashtirishdi.
Ayniqsa, videorolik va esselarda Sohibqiron obrazining bugungi yoshlar tafakkuridagi o‘rni ko‘zga tashlandi.
Devoriy gazeta tanlovi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin — 1XT25 guruhi
🥈 2-o‘rin — 1JI25 guruhi
🥉 3-o‘rin — 1JI23 guruhi.
🎥 Videorolik tanlovi g‘olibi:
🏅 Magistratura bosqichi talabalari — 1 MTS 25.
✍️ Esse tanlovi g‘oliblari:
🥇 Asliddin Toshpo‘latov — 1JR25
🥈 Fazliddin Kulturayev — 1JI25
🥉 Nurillo Muxiddinov — 1BM25
🥉 Ilhom Sattarov — 1JI23.
Taqdirlash tadbiri davomida faol va ijodkor talabalar universitet rahbariyati tomonidan e’tirof etildi.

Siz "Ovoz"dasiz: Nordik sahnasida yulduzlar porladi!
Tanlovning ilk bosqichida ishtirokchilar o‘z iste’dodlarini videorolik orqali namoyish etishdi: 1 band, 1 naqorat va final sahnasiga yo‘l ochildi!
2-final bosqichida esa sahna san’at maydoniga aylandi. Ishtirokchilar bir juft jonli ijro bilan tomoshabinlar qalbini zabt etishga intildilar.
Ustozlar va talabalar nafaqat ovoz, balki sahna madaniyati, mahorat va ijodiy energiyalari bilan ham kuchli taassurot ulashdilar.
🏆 Tanlov g‘oliblari:
🥇 Nailya Abdulbakiyeva — 1 000 000 so‘m,
🥈 Sarvinoz Alimova — 500 000 so‘m,
🥉 Zarnigor Anesova — 300 000 so‘m pul mukofotlari, shuningdek
Marjona Mahmudova va Iroda Abdusalomovalar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ta’lim, ma’rifat va innovatsiyalar yo‘lida muhim hamkorlik
Muloqot davomida yoshlarning ilmiy, ijodiy va ma’naviy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish hamda innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish masalalarida so‘z bordi.
Ilmiy-amaliy konferensiyalar, forum va festivallar tashkil etish, yoshlarning madaniyat va san’atga qiziqishini oshirish,
kreativ va innovatsion loyihalarni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning ahamiyati taʼkidlandi.
Shuningdek, “Innovation Scholar” ilmiy jurnalining salohiyatini universitetning boy ilmiy-tadqiqot resurslari va professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalari bilan boyitish, faol xodimlar va talaba-yoshlarni "Ziyoli avlod — millat iftixori" esdalik nishoni bilan taqdirlash, ma’naviy-ma’rifiy loyihalar orqali yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini keng namoyon etishga kelishildi.
Shuningdek, o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanib, bilim, ma’rifat va kreativ tafakkur uyg‘unlashgan yangi imkoniyatlarga yo‘l ochildi.

Toshkentda Yevropa nafasi: xalqaro do‘stlik va ta’lim imkoniyatlari keng namoyish etildi
Turli davlatlar madaniyati, innovatsion g‘oyalari va ta’lim imkoniyatlari namoyon etilgan festival xalqaro muloqot va do‘stlik maydoniga aylandi.
Festivalda Finlandiya Respublikasi Faxriy Konsulligi, Xalqaro Nordik universiteti hamda Nordik International School jamoasi va o‘quvchilari faol ishtirok etib, mehmonlarga Finlandiyaning boy madaniyati, zamonaviy ta’lim tizimi va xalqaro rivojlanish imkoniyatlari haqida keng ma’lumotlar taqdim etdilar.
Tashrif buyuruvchilar Finlandiyada mavjud grantlar, stajirovka va almashinuv dasturlari, kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Interaktiv taqdimotlar, vizual xaritalar, didaktik materiallar va kreativ faoliyatlar orqali mehmonlar nafaqat ma’lumot oldilar, balki Finlandiya ta’lim muhiti va hayot tarzini bevosita his etdilar.
Ayniqsa, bolalar va yoshlar uchun tashkil etilgan qiziqarli o‘yinlar, o‘quv mashg‘ulotlari hamda fin xalqining sevimli “mokkapala” shirinliklari festival mehmonlarida katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida fin tizimi bo‘yicha o‘rganish jarayoni zavqli, erkin va ilhomlantiruvchi muhitda kechishi yana bir bor namoyon bo‘ldi.
27 davlatni birlashtirgan European Unionning ezgu maqsadlari, inson qadri, ta’lim, innovatsiya va hamkorlikka qaratilgan tashabbuslari festival davomida keng targ‘ib qilinib, mehmonlarga Yevropa bilan hamkorlikni nafaqat tinglash, balki uni his qilish imkonini berdi.