Yangiliklar
Eʼtirof va ishonch timsoli: O‘mon elchisidan yuksak ehtirom maktubi

April 24 , 2026
794
Xalqaro Nordik universiteti yana bir yuksak e’tibor markazida!
O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr al-Busaidiy universitet rektoriga yuksak ehtirom bilan maktub yo‘lladi.
Maktubda universitetning ilmiy va akademik sohadagi yetakchi o‘rni, ma’rifatni keng targ‘ib etishdagi faoliyati hamda ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashdagi hissasi alohida e’tirof etilgan.
Shuningdek, elchi tomonidan “Islohotchi taxtda” nomli asar universitetga taqdim qilindi.
Bu nafaqat sovg‘a, chuqur ishonch va mustahkam hamkorlik ramzidir.
Mazkur kitob tarixiy shaxs, O‘mon Sultoni Qobus bin Said hayoti va davlat boshqaruvidagi islohotlariga bag‘ishlangan bo‘lib, tarix va siyosat chorrahasidagi muhim qarashlar yoritilgan.
Endilikda ushbu noyob asar universitet kutubxonasidan o‘rin olib, talaba va tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy manbadir.
Bu tuhfa ilmiy va ma’rifiy hamkorlikning yanada mustahkamlanishi yo‘lida muhim qadamlardan bo‘ldi.
So'nggi yangiliklar

"Kompyuter sporti" turniri: IT bilim va jamoaviylik sinovi
Musobaqada 6 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib bordi.
3 ta shart asosida o‘tgan bellashuv davomida ishtirokchilar tezkorlik va texnik mahoratini, kuchli taktika hamda jamoaviy birdamliklarini ham namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
🥇 1-o‘rin — “MIDDLES” jamoasi — Jahongir Ziyodullayev, Mashhurbek Olimov, Sardor Nurmatov, Miraziz Muxtorov va Og‘abek Samadov.
🥈 2-o‘rin — “NEXUS” jamoasi — Shukurullo Amanturdiyev, Ozodbek Axmedov, Muhriddin Shaxriddinov va JamshidbekTolibov.
🥉 3-o‘rin — “Cyberkent” jamoasi — Boburxon O‘rinxo‘jayev, Jahongir Sindorov, Abdulvosid Abdimalikov, Fayzulloh Umatov va Behruz Xasanov.
👏 G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!
Musobaqa yoshlarning IT va kompyuter sportiga bo‘lgan qiziqishi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini yanada oshirdi.

Inson ruhiyatini anglash san’ati: Nordikda mahorat darsi o‘tkazildi
Dars psixologiya fanlari doktori (DSc), professor Abdumo‘min Rasulov tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar psixodiagnostik tekshiruvning nazariy asoslari, diagnostik test va so‘rovnomalardan foydalanish, kuzatuv usullari, natijalarni tahlil va interpretatsiya qilish, amaliy misollar asosida tadqiqot olib borish bo‘yicha muhim bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Ayniqsa, nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilgan ushbu mahorat darsi Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tadi.

“Fidoyilar” xotira kechasi: buyuk ma’rifatparvarlar xotirasi eʼzozlandi
Avlodlar uchrashuvida milliy tafakkur, tarixiy xotira va ma’rifatga hurmatni mustahkamlashga ahamiyat qaratildi.
Mazkur kechada o‘z umrini xalq ma’rifati, ilm-fan va pedagogika rivojiga bag‘ishlagan buyuk ma’rifatparvarlar hayoti hamda faoliyati yodga olindi. Ularning jasorati, ilm yo‘lidagi fidoyiligi va millat kelajagi uchun qilgan xizmatlari bugungi yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.
Bugun taraqqiyot haqida gap ketganda, avvalo, ma’rifat va tarbiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Aynan ana shunday fidoyi insonlarning boy merosini anglash va qadrlash esa yoshlarning Vatanga muhabbatini, ilmga hurmatini va ma’naviy mas’uliyatini yanada kuchaytiradi.
Xotira kechasi talabalarning mavzuga doir chiqishlari, mehmon maʼruzachilarning ibratli nutqlari bilan mazmunli kechdi.

Nordikda zamonaviy pedagogikaning yangi sahifalari
Bu yangi kitoblar bugungi ta’lim ehtiyojlariga javob beradigan muhim ilmiy va metodik manbalardir.
📘 Nashr etilgan qo‘llanmalar:
➖ “Информационно-коммуникационные технологии” (mualliflar — D. Sabirova, O. Azizov)
➖ “Oila pedagogikasi” (muallif — F. Islamova)
➖ “Maktabgacha ta’limda etnopedagogika” (muallif — M. Xasanova)
➖ “Milliy qadriyatlar asosida 5–6 yoshli bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish metodikasi” (muallif — D. Mahmudova).
Mazkur qo‘llanmalarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, milliy qadriyatlar va tarbiya uyg‘unligi, raqamli texnologiyalarni ta’limga tatbiq etish, maktabgacha ta’limning innovatsion metodikalari hamda nazariya va amaliyotni bog‘lovchi metodik tavsiyalar keng yoritilgan.
Ushbu adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasi asosida nashr etilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega.
Bu nashrlar talabalar uchun puxta bilim manbai, pedagoglar uchun metodik tayanch, ilmiy izlanuvchilar uchun esa zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha muhim resurs vazifasini bajaradi.