Xalqaro stipendiyalar va amaliyotlar
Rektor Amerikaga yo‘l olayotgan magistrantlar bilan suhbatlashdi
January 09 , 2025
44
Nordik universiteti Ma'lumotlar ilmi (data science) magistratura mutaxassisligining 3 nafar talabasiga o‘qishning 2-semestrini Amerikada davom ettirish imkoniyati yaratilmoqda.
Amerikaning Lawrence Texnological universityda taʼlim uchun yo‘l oldidan rektor Sherzod Mustafakulov talabalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Amerikada yashash va taʼlim olish borasida ularga zarur tavsiyalar berdi.
Oldinda talabalarimizni Amerikada bir asrga yaqin tajribaga ega, 2025-yilda eng yaxshi universitetlar mintaqaviy reytingida 54-o‘rinni egallagan nufuzli oliygohda zamonaviy dasturlar bo‘yicha o‘qish kutmoqda!
So'ngilari
Amerika-O‘zbekiston Preparatory kursi haqida nimalarni bilasiz?
Amerika-O‘zbekiston PREPARATORY kursiga START beramiz!
Dasturda o‘qish - 6 oy.
Tayyorlov fanlari:
- Ingliz tili
- Matematika
Darslar - LMS platformasida onlayn tashkil etiladi. Ingliz tili darslari to‘liq amerikalik pedagog-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Kurs to‘lovi - 1200 AQSh dollari.
Bitiruvchilarga - qo‘shma Sertifikat taqdim etiladi va Nordik universitetida Rovan universiteti bilan tashkil etilgan qo‘shma taʼlim dasturiga imtihonsiz kirish imkoniyati yaratiladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tib, test topshiring. (https://qabul2024-2025.bitrix24site.ru/crm_form_y4798/)
Tayyorlov kursimizda o‘qing va bakalavriat bosqichi talabasiga aylaning!
Batafsil ma'lumot olish uchun:
Nozima nufuzli stipendiya sohibasi!
Nordikda xushxabarlar seriyasi davom etmoqda!
Xorijiy til yo‘nalishi talabasi Nozima Shavkatova Koreya hukumatining eng nufuzli stipendiyalaridan biri (GKS)ni qo‘lga kiritdi. Endilikda talabamiz o'quv yilining II-semestrini universitetimizning hamkor universitetlaridan birida - Degu universitetida bepul tahsil oladi.
Mazkur stipendiya orqali talabamiz o'zi uchun umuman boshqa mamlakatning madaniyatini kashf qilish hamda nufuzli oliygohning zamonaviy o'quv dasturi orqali tahsil oladi!
Rektor Amerikaga yo‘l olayotgan magistrantlar bilan suhbatlashdi
Nordik universiteti Ma'lumotlar ilmi (data science) magistratura mutaxassisligining 3 nafar talabasiga o‘qishning 2-semestrini Amerikada davom ettirish imkoniyati yaratilmoqda.
Amerikaning Lawrence Texnological universityda taʼlim uchun yo‘l oldidan rektor Sherzod Mustafakulov talabalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Amerikada yashash va taʼlim olish borasida ularga zarur tavsiyalar berdi.
Oldinda talabalarimizni Amerikada bir asrga yaqin tajribaga ega, 2025-yilda eng yaxshi universitetlar mintaqaviy reytingida 54-o‘rinni egallagan nufuzli oliygohda zamonaviy dasturlar bo‘yicha o‘qish kutmoqda!
Magistratura bosqichidagi talabalar uchun zo'r imkoniyat!
🇨🇭Shvetsariyaning Lucerne universitetining UNESCO homiyligida "Lucerne yozgi universitet: LSUE global konteksda etika" yozgi maktabiga marhamat.
📝Talablar:
✅Barcha fuqarolar.
✅Magistratura bosqich talabalari.
✅Ingliz tilini yetarli darajada bilish.
✅Dastur oxirida 10-12 betli yakuniy ishlanma (final paper) yozib topshirishi kerak.
‼️Kerakli hujjatlar:
✅CV (1 bet).
✅2 nafar professor o'qituvchidan tavsiyanoma (1 betdan).
✅Motivatsiya xati (maksimal 500 so'z).
✅Loyiha taklifining qisqa bayoni.
📍Joyi va vaqti: Shvetsariya, Lyuserna shahri. 2025-yil 23-28-may.
🔖Ro'yxatdan o'tish (https://www.unilu.ch/studium/lehrveranstaltungen-pruefungen-reglemente/tf/lehrveranstaltungen/summer-university-lsue/anmeldung-masterstudierende/) muddati: 2024-yil 30-dekabr.
📚 Xalqaro Nordik Universiteti – birgalikda yuqori marralarni zabt etamiz.
🌎Nordik Xalqaro aloqalar departamenti.
📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 8/2 uy. XNU birinchi binosi, 200-xona. +998555084400 (1022)