Xalqaro forum va loyihalar
Finlandiyada taʼlim innovatsiyalari: O‘zbekiston pedagoglari malaka oshirmoqda

February 04 , 2025
62
15 nafar pedagoglar Nordik prorektori Odiljon Qo‘ysinov rahbarligida Finlandiya jamiyatiga kuchli taʼsirga ega tadqiqotlar universiteti - Jvyaskylada ilmiy amaliyot o‘tashga kirishdilar.
Delegatsiya aʼzolari universitetning noyob taʼlim tizimi, innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlari va tadqiqotlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Jvyaskyla universiteti nafaqat ilmiy tadqiqotlar, balki innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ham boy tajribaga ega. Malaka oshirish jarayonida universitet olimlaridan bu tajribalar keng o‘rganilmoqda.
Shuningdek, universitetning zamonaviy kutubxona tizimi, unda saqlanayotgan noyob kitoblar, tadqiqot materiallari va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.
Bu malaka oshirish o‘quvi pedagoglar uchun nafaqat yangi bilimlar olish, balki kelgusida yurtimiz taʼlim sifatini oshirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatini bermoqda.
Finlandiya taʼlim modeli O‘zbekiston uchun qanday natijalar keltirishi mumkin? Ilmiy amaliyot jarayonlarida shu kabi savollarga javoblar izlashda davom etilmoqda.






So'ngilari

Buyuk Britaniyalik Charles Normandan qiziqarli master-klass!
Speaking club tinglovchilari xorijlik speaker ishtirokidagi mashg‘ulotda ingliz tilida so‘zlashish mahoratini oshirdilar.
Shuningdek, talabalarning ekologik taraqqiyot omillari, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning o‘rni borasida dunyoqarashlari boyitildi. Xalqaro konferensiyalarda xorijiy tilda maʼruza qilishda eʼtiborli jihatlar xususida ham bilimlarga ega bo‘ldilar.

Finlandiyada taʼlim innovatsiyalari: O‘zbekiston pedagoglari malaka oshirmoqda
15 nafar pedagoglar Nordik prorektori Odiljon Qo‘ysinov rahbarligida Finlandiya jamiyatiga kuchli taʼsirga ega tadqiqotlar universiteti - Jvyaskylada ilmiy amaliyot o‘tashga kirishdilar.
Delegatsiya aʼzolari universitetning noyob taʼlim tizimi, innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlari va tadqiqotlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Jvyaskyla universiteti nafaqat ilmiy tadqiqotlar, balki innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ham boy tajribaga ega. Malaka oshirish jarayonida universitet olimlaridan bu tajribalar keng o‘rganilmoqda.
Shuningdek, universitetning zamonaviy kutubxona tizimi, unda saqlanayotgan noyob kitoblar, tadqiqot materiallari va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.
Bu malaka oshirish o‘quvi pedagoglar uchun nafaqat yangi bilimlar olish, balki kelgusida yurtimiz taʼlim sifatini oshirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan tajribalarni o‘zlashtirish imkoniyatini bermoqda.
Finlandiya taʼlim modeli O‘zbekiston uchun qanday natijalar keltirishi mumkin? Ilmiy amaliyot jarayonlarida shu kabi savollarga javoblar izlashda davom etilmoqda.

II-O'zbekiston - Finlandiya biznes forumi
2025-yil 21-yanvar kuni Finlandiyaning “Peikko”, “Kone”, “AINS Group”, ”Elematic” hamda Finlandiyaning “East office” kabi yirik kompaniyalari hamkorligida Xalqaro Nordik Universiteti tomonidan 2-O’zbekiston-Finlandiya biznes forumining “Zamonaviy va innovatsion qurilish texnologiyalari” mavzusida xalqaro anjumani tashkil etilmoqda.Tadbir doirasida Finlandiya kompaniyalarining eng zamonaviy qurilish texnologiyalari, innovatsion ishlanmalari, asbob-uskunlari hamda qurilish konsepsiyalarini namoyish etish, shuningdek yetakchi fin kompaniyalari va mahalliy biznes vakillarining B2B, B2G uchrashuvlari, tajribalar almashish va hamkorlik muzokaralarini olib borish nazarda tutilgan.Ma’lumot uchun: 2022-yil Xalqaro Nordik universiteti va Saipro Group tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonda ilk bor birinchi "O‘zbekiston-Finlyandiya xalqaro biznes-forumi" o‘tkazilgan.Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, dunyoning yetakchi fin kompaniyalari, xususan, Nokia, Reka Cables, FinnPartnership, Honka, Kone, Suokone kabi 30 dan ortiq kompaniya rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etgan.Shu munosabat bilan Sizni joriy yilning 21-yanvar kuni soat 11:00 da Universitetda (Toshkent shahri, Sebzor ko‘chasi 22-А uy) bo’lib o’tadigan biznes forumga ishtirok etishga taklif etamiz.

Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo yosh yetakchilari konferensiyasi
30-31-oktyabr, Toshkentda Yevropa Ittifoqi va Nordik universiteti hamkorligida o‘tkaziladi. Maqsad - Barqaror suv harakati! Konferensiya 5 ta davlatning 35 yoshgacha 100 nafar yoshlari, tadqiqotchilar, yosh siyosatchilar, ekspertlarni o‘zida jamlaydi. Eng yaxshi namuna va model bu - yoshlar kuchi! Mintaqaviy konferensiya - eng ilg‘or taklif, yechim va xulosalar uchun!