Scientific Conferences
Ta’lim sifatini oshirishda tilshunoslik, xorijiy til va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodik yondashuvlari: muammolar, imkoniyatlar va yechimlar

April 30 , 2025
48
Respublikamizning ta’lim sifatini oshirishda, tilshunoslik hamda xorijiy til va adabiyotini o‘qitishdagi zamonaviy metodik yondashuvlarni tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ta’lim tizimini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, ta’lim sifati va unumdorligini yanada oshirish uchun Respublikamiz olimlari tomonidan turli ilmiy maqolalarni tavsiya qilish ushbu anjumanning asosiy maqsadidir. Anjumanni o‘tkazish pirovard natijasida tilshunoslik va xorijiy til o‘qitish metodikasidagi yangiliklar va yondashuvlarni umumlashtirib, ta’lim tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy yechimlar ishlab chiqiladi.
Vazifalar:
- Tilshunoslik va xorijiy til o‘qitish metodikasidagi yangiliklarni o‘rganish: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar yordamida tilshunoslik va xorijiy tillar ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha yangi tendensiyalarni tahlil qilish.
- Ta’lim tizimidagi muammolarni aniqlash: Xorijiy til o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolarni va to‘siqlarni aniqlash, ularni hal etish usullarini muhokama qilish.
- Pedagogik innovatsiyalarni joriy etish: Xorijiy til va adabiyotini o‘qitishda innovatsion metodik yondashuvlar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini o‘rganish.
- Metodik qo‘llanmalar va resurslar yaratish: Xorijiy til va adabiyotini o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan yangi metodik qo‘llanmalar va ta’lim resurslarini ishlab chiqish.
- Ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish: Ta’lim sifatini yaxshilash uchun zamonaviy pedagogik va metodik yondashuvlarni ta’lim muassasalari amaliyotida qo‘llash.
Latest Conferences

Musiqa ta'limi va san'atining bugungi globallashuv sharoitida milliy-ijtimoiy ahamiyati: muammo va yechimlar 🎼
Nordik universitetida 2024-yil 4-dekabr kuni respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferensiya uchun maqola yuborgan har bir muallifga: ▸ Elektron sertifikat ▸ maqolalar to‘plami (elektron) ▸ maqolaning nashrdagi alohida pdf varianti 💯 BEPUL taqdim etiladi. ⏳Maqola/tezislar qabul qilish muddati 2024-yil 20-noyabrgacha. Konferensiya sho‘balari: ▸ Musiqashunoslik, etnomusiqashunoslikning dolzarb muammolari va yechimlari ▸ Musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari ▸ Mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali usul va vositalari ▸ Ijrochilik an’analari: muammo va yechimlar ▸ Pedagogik kadrlar tayyorlash: muammo va yechimlar. 🔥INDEXLANISHI: 🔅GOOGLE SCHOLAR, Zenoda, OpenAire data bazasida arxivlanadi va indekslanadi.

Musiqa taʼlimi va sanʼatining bugungi globallashuv sharoitida milliy-ijtimoiy ahamiyati: muammo va yechimlar
Konferensiyada xorijiy va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, tadqiqotchilari, magistrant va iqtidorli talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muhokama qilinadi.
Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masalalar muhokama qilinadi:
- Musiqashunoslik, etnomusiqashunoslikning dolzarb muammolari va yechimlar;
- Musiqiy-nazariy fanlari o‘qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalari;
- Mustaqil ta'limni tashkil etishning samarali usul va vositalari;
- Ijrochilik an’analari muammo va yechimlari;
- Pedagogik kadrlar tayyorlash muammo va yechimlar.
Konferensiya 2024 yil 4 dekabr kuni Xalqaro Nordik Universitetining 2-kampusida, majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish soat 9:00 dan 10:00 gacha davom etadi. Anjumanda ishtirok etish uchun ZOOM dasturi orqali onlayn qatnashish imkoniyati ham mavjud.
Anjumanning ish tartibi:
- Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish – 9:00 – 10:00
- Yalpi yig‘ilish – 10:00 – 13:00
- Tushlik – 13:00 – 14:00
- Sho‘balar yig‘ilishi – 14:00 – 16:00
- Konferensiyaning yakuniy yig‘ilishi – 16:00 – 17:00
Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi 22 a - uy