Nordik seminarida dissertatsiya muhokamasi

Nordik seminarida dissertatsiya muhokamasi

December 10 , 2025

|

973

Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar majlisida dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Farg‘ona davlat universiteti doktoranti Ortiqov Avazbek Bahromjon o‘g‘li tomonidan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi keng tahlil qilindi.


Ilmiy seminarda tadqiqot ishida kichik sanoat zonalarining hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mexanizmlari hamda barqaror rivojlanish istiqbollarini ilmiy asoslash bo'yicha zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.

photo-2025-12-10-15-21-08
Preview
photo-2025-12-10-15-21-09
Preview