Taʼlimda sunʼiy intellekt – endi o‘zbek tilida!

Taʼlimda sunʼiy intellekt – endi o‘zbek tilida!

November 06 , 2025

|

1138

Ta’lim sohasi ildam o‘zgarayotgan bir davrda sun’iy intellekt o‘qitish, baholash va boshqaruv jarayonlarini tubdan yangilamoqda. Nordikda bu imkoniyatlar haqida yangi qo‘llanma nashr etildi.

Ushbu qo‘llanmada ta’limda SI texnologiyalarining eng so‘nggi yo‘nalishlari, o‘qituvchi va talabalarga taqdim etayotgan yangi imkoniyatlari, misollar, metodlar, tavsiyalar va amaliy yechimlar jamlangan. 


✅ Ta’limning ertangi kuniga nazar: SI nima beradi?


O‘qituvchilar, ta’lim boshqaruvchilari, raqamli texnologiyalar bilan ishlovchi mutaxassislar, tadqiqotchilar va doktorantlar qo‘llanma orqali SI olamiga keng nazar solishlari mumkin. 


Mazkur qo‘llanma ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishda ishonchli yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qiladi. 


📌 Mualliflar — Odiljon Qo‘ysinov, Odilbek Kattayev va innovatsialar sohasi mutaxassislari.

photo-2025-11-06-16-01-22
Preview