“O‘zbekiston–2030 strategiyasi: amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili, muammolar va yechimlar”

“O‘zbekiston–2030 strategiyasi: amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili, muammolar va yechimlar”

November 19 , 2025

|

11

Xalqaro Nordik universitetida ushbu mavzuda mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini qamrab olgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ekologiya, tashqi siyosat, raqamli transformatsiya, turizm va jamiyat rivoji kabi ustuvor sohalardagi islohotlarni ilmiy jamoatchilik ishtirokida tahlil qilish, ularning amaliy natijalarini muhokama etish hamda istiqboldagi vazifalarni belgilashga asosiy e’tibor qaratildi.  


Konferensiya ochilishida Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov O‘zbekiston–2030 strategiyasini mamlakatning yangi avlodi uchun mo‘ljallangan kompleks modernizatsiya dasturi sifatida baholab, uni amalga oshirishda ilmiy hamjamiyatning o‘rni tobora ortib borayotganini e’tirof etib o‘tdi. Innovasion yondashuvlar, ilmiy tahlillar va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish strategiya samaradorligini belgilovchi asosiy omillar ekanini ta’kidladi.


Shuningdek, anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi a’zosi Navruzbek Yusupov va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ moliya departamenti boshlig‘i (PhD) Jasurbek Qodirov o‘z  ma’ruzalarini taqdim etdilar. Qonunchilik islohotlari, fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash va strategik vazifalarni qonuniy asosda qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhit muhofazasi va hisob siyosatini takomillashtirish masalalaridagi ilmiy mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. 


Konferensiyada turli sohalar yetakchi ekspertlari O‘zbekiston–2030 strategiyasida belgilangan vazifalar bo‘yicha chuqur tahliliy ma’ruzalar taqdim etdilar. Xususan, ekologik barqarorlik va yashil taraqqiyot – atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlik bo‘yicha strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari yoritildi. Davlat-xususiy sherikchiligining yangi modeli bo‘yicha amaliy takliflar taqdim qilindi. Oziq-ovqat xavfsizligi, xalqaro standartlarga mos, barqaror ishlab chiqarish va ta’minot tizimini shakllantirish bo‘yicha ilmiy xulosalar berildi.


Shuningdek, tashqi siyosat samaradorligi mintaqaviy hamkorlik, investitsion diplomatiya va global maydondagi faol tashqi siyosat natijalari keng muhokama qilindi. Yashil iqtisodiyotga o‘tish, iqtisodiy o‘sishning ekologik xavfsiz modelini shakllantirish bo‘yicha dolzarb ilmiy tahlillar taqdim etildi. Ma’ruzachilar davlat boshqaruvini raqamlashtirishda kosmik ma’lumotlarning qo‘llanilishi va uning istiqbollari xususida ham ilmiy izlanishlari samaralari bilan bo‘lishdilar.


Konferensiyaning shoʻba yig‘ilishlari qizg‘in davom etdi. Iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy-huquqiy o‘zgarishlar, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiya, yoshlar siyosati, ma’naviyat va madaniy meros, ekologik barqaror taraqqiyot, raqamli transformatsiya va ilg‘or boshqaruv tizimlari yo‘nalishlarida ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Islohotlarning jamiyatga ta’siri, mavjud muammolar, ularning sabablari hamda innovatsion yechimlar yuzasidan fikr almashildi. Tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan bir qator amaliy takliflar ilgari surildi.


Tadbir yakunida sho‘ba yig‘ilishlarining asosiy xulosalari umumlashtirildi va O‘zbekiston–2030 strategiyasini ilmiy asosda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelgusi rejalar, vazifalar belgilab olindi. 


Konferensiyaga jami 130 dan ortiq tezis va maqolalar kelib tushdi. 16 ta eng sara maqola Nordik elektron jurnalining maxsus soniga qabul qilindi, 100 ga yaqin maqola va tezis esa ASR platformasi va konferensiya to‘plamida chop etildi.

photo-2025-11-19-14-18-56
Preview
photo-2025-11-19-14-18-57-2
Preview
photo-2025-11-19-14-18-57-3
Preview
photo-2025-11-19-14-18-57
Preview
photo-2025-11-19-14-18-58
Preview
photo-2025-11-19-14-18-59
Preview
photo-2025-11-19-14-19-00
Preview
photo-2025-11-19-14-19-01
Preview
photo-2025-11-19-14-19-05
Preview
Print

Latest news

Psixolog va pedagoglar mehnati yuksak baholandi

Psixolog va pedagoglar mehnati yuksak baholandi

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, Taʼlimni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shahzodbek Kurbaniyazov va akademik G‘ayrat Shoumarov pedagog va psixologlar mehnatini yuksak baholab, ularga minnatdorchilik bildirdilar.


3-iyun–30-noyabr oralig‘ida o‘tkazilgan tanlovda 100 ga yaqin uslubiy ishlar ko‘rib chiqilib, ekspertlar tomonidan saralab olingani maʼlum qilindi. 


Quvonarlisi, Nordik universiteti navbatdagi ilmiy yutuqqa erishdi. 1-darajali diplom va eng yaxshi uslubiy qo‘llanma sohiblari —Nordik universiteti Psixologiya va Maktabgacha ta’lim kafedrasi vakillari Nigoraxon Lutfullayeva va Damegul Arapboyeva munosib taqdirlandilar.

Nordik seminarida dissertatsiya muhokamasi

Nordik seminarida dissertatsiya muhokamasi

Majlisda Farg‘ona davlat universiteti doktoranti Ortiqov Avazbek Bahromjon o‘g‘li tomonidan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi keng tahlil qilindi.


Ilmiy seminarda tadqiqot ishida kichik sanoat zonalarining hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mexanizmlari hamda barqaror rivojlanish istiqbollarini ilmiy asoslash bo'yicha zarur ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.

Malakaviy imtihon o‘tkazildi

Malakaviy imtihon o‘tkazildi

Mazkur imtihon “Sanoat iqtisodiyoti”, “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosliklari bo‘yicha OAKning belgilangan Nizomi asosida o‘tkazildi. 


Izlanuvchilarning tadqiqot yo‘nalishidagi bilimlari, tahlil va strategik fikrlash qobiliyati, maxsus fanlardagi kasbiy malakasi sinaldi va baholandi.

Zo‘ravonlikdan holi hayot: bilimli ayol — himoyalangan kelajak!

Zo‘ravonlikdan holi hayot: bilimli ayol — himoyalangan kelajak!

Tadbirga ishtirokchi ekspertlar — Toshkent davlat transport universitetining professor-o‘qituvchilari xotin-qizlar huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari va o‘z huquqini bilish nega muhimligini hayotiy misollar orqali tushuntirib berishdi. 


Mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va davlat siyosati asosida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliy tarzda yetkazildi. 


Ayol — jamiyat tarbiyachisi ekanligi, o‘z huquqini bilgan, bilimli va mustaqil ayol esa kelajak poydevorini barpo etishi taʼkidlab o‘tildi. 

Follow the official channel on Telegram

Subscribe to our YouTube channel

Follow our page on Facebook

Connect with our LinkedIn profile