Unda talabalar ingliz tilida ravon, erkin muloqot qilishning samarali usullari bilan keng tanishdilar.
Speaker Husan Abdumo‘minov speaking jarayonida eng ko‘p uchraydigan xatolar, lug‘at boyligini oshirish yo‘llari, IELTS Speaking bo‘yicha muhim tavsiyalar hamda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘llari haqida batafsil va amaliy misollar asosida suhbat olib bordi.
Interaktiv seminarda talabalar amaliy tavsiyalarni sinab ko‘rish va xalqaro til sertifikatlariga tayyorgarlik bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.







