
Zebo loyihasining 3-uchrashuvi: bilim va tajriba sari muhim qadam
Zebo loyihasi doirasida navbatdagi — 3-uchrashuv muvaffaqiyatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv talaba qizlarimizning bilim va salohiyatini namoyon etish, shuningdek, amaliy tajribasini oshirishga qaratildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchi talaba qizlar oldindan tayyorlab kelgan loyiha ishlarini slaydlar orqali taqdim etdilar. Har bir taqdimotda loyiha g‘oyasi, maqsadi va kutilayotgan natijalar aniq va tushunarli tarzda yoritildi. Bu jarayon talabalarga o‘z fikrlarini mantiqiy bayon etish va auditoriya bilan samarali muloqot qilish imkonini berdi.
Taqdimotlar jarayonida ishtirokchilar jamoa oldida erkin chiqish qilish, o‘z g‘oyalarini ishonch bilan himoya qilish hamda berilgan savollarga asosli javob qaytarish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Shu bilan birga, ular bir-birining loyihalaridan ilhom olib, yangi bilim va tajribalar bilan boyidilar.
Mazkur uchrashuv talaba qizlarimiz uchun muhim amaliy maktab vazifasini o‘tadi. Natijada ishtirokchilar nafaqat yangi bilimlarga, balki kelgusida o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qimmatli tajribaga ham ega bo‘ldilar. Zebo loyihasining bu bosqichi talaba qizlarning shaxsiy va kasbiy rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.






So'nggilari

"Motivation Club" tomonidan tashkil etilgan navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar jamoaviy jipslik va samarali boshqaruv san’atini amalda sinab ko‘rdilar.

Ushbu tanlov shunchaki tashqi go‘zallik namoyishi emas, balki ayol qalbining boyligi va aql-zakovatining tantanasidir. «Miss Nordik» ishtirokchisi — bu o‘zida milliy qadriyatlarni saqlagan holda zamonaviy bilimlarni egallagan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor bo‘lgan lider ayol obrazidir.

"Nordic Students Club" tashabbusi bilan talabalar uchun intellektual va psixologik "Mafiya" o‘yini tashkil etildi.

Klubning navbatdagi uchrashuvi adabiyotdagi eng mashhur va o‘ylantiruvchi asarlardan biri — Jorj Oruellning “Animal Farm (Molxona)” asariga bag‘ishlandi.