Fakultet hayoti

Nordik delegatsiyasi Polshada muhim uchrashuvlarda
Nordik universitetining xalqaro aloqalari amaliy hamkorlik va akademik almashinuvlar orqali tobora kengaymoqda.
Delegatsiyamiz Polshaning nufuzli WSEI universitetida Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida xizmat safarida bo‘ldi.
Tashrif davomida WSEI (Iqtisodiyot va innovatsiyalar) universiteti vice-rektori, professor Tomasz Wotowiec bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Muloqotda qo‘shma ta’lim loyihalari, ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari hamda talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Nordik vakillari WSEI talabalari uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
E’tiborlisi, hamkorlik ikki tomonlama va izchil davom etmoqda. O‘tgan o‘quv yilida WSEI delegatsiyasi Nordik universitetiga tashrif buyurgan bo‘lsa, Nordikning faxrli talabasi Madinabonu Isaqova Erasmus+ KA171 ICM granti asosida WSEI universitetida muvaffaqiyatli tahsil oldi.
Javob tashrifi uchrashuvlarida esa ertangi hamkorlik loyihalarga poydevor qo‘yildi.


So'nggilari

Uchrashuv davomida tarjimon ishtirokchilarga sertifikatlar hamda eng qadrli sovg‘a — kitoblar topshirildi.

Xalqaro Nordik universitetida “Parchadan — g‘oyaga” nomli kitobxonlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Nordik universitetida “Improving Speaking Skills: Effective Strategies for Fluent Communication” mavzusida mazmunli va motivatsion seminar tashkil etildi.

Talabalar ishtirokida qadimiy Samarqand shahrining tarixiy hamda muqaddas maskanlariga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar Imom al-Buxoriy majmuasi muzeyiga tashrif buyurib, boy ilmiy merosi va ibratli hayot yo‘li bilan yaqindan tanishishdi.