
Ijodiy kecha: yangi spektakl premyerasiga taklif qilamiz!
Hurmatli teatr ixlosmandlari! Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatrida bo‘lib o‘tadigan "Tikansiz tipratikanlar" spektakli premyerasiga taklif qilamiz!
Mazkur sahna asari Xalqaro Nordik universiteti Talabalar teatr studiyasi tomonidan taniqli dramaturg Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan.
Spektakl tomoshabinlarga chuqur falsafiy mazmun, ta’sirchan voqealar va samimiy hissiyotlar ulashadi.
🏛 Ushbu ijodiy kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilayotgan bo‘lib, unda yosh ijodkorlarning mahoratini baholash va teatrdan chinakam zavq olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
📅 7-aprel
⏰ 17:00
📍 Abror Hidoyatov nomidagi teatr.
💡Barchangizni kutamiz! Sahnada hayot aks etadi – sizni ham shu hayotning bir qismi bo‘lishga chorlaymiz! 🎭 ✨
So'nggilari

Navbatdagi mashg‘ulot yana bir bor mazmunli, qiziqarli va interaktiv ruhda tashkil etildi. Bu galgi dars «Покупки. Товары. Цены» mavzusiga bag‘ishlanib, ishtirokchilarning kundalik hayotida tez-tez uchraydigan savdo-sotiq jarayonlari asosida olib borildi.

“Motivation Club” da, biz shunchaki yig‘ilmadik — o‘zligimizni anglash va hissiyotlarimizni jilovlash sari ulkan qadam tashladik.

Jonli ijro, yorqin atmosfera va sevimli taronalar uyg‘unlashgan ushbu konsert haqiqiy musiqa bayramiga aylandi.

Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi suhbat klubi ishtirokchilar uchun nafaqat foydali, balki juda maroqli ham bo‘ldi. Dars davomida talabalar erkin muhitda rus tilida muloqot qilib, o‘z fikrlarini bemalol ifoda etish imkoniga ega bo‘ldilar.