Retro’da talaba-yoshlar uchun unutilmas New Year Party bo‘lib o‘tdi

December 19, 2025
95

Yangi yil bayrami munosabati bilan Retro majmuasida talaba-yoshlar uchun yorqin va ko‘tarinki ruhdagi New Year Party tashkil etildi. Bayram kechasi quvonch, samimiyat va bayramona kayfiyatga boy bo‘lib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Tadbir davomida universitet rektori Sherzod Mustafakulov yoshlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etib, ularga ezgu tilaklarini yo‘lladi. Rektorning ilhomlantiruvchi so‘zlari yoshlarga yangi marralar sari dadil qadam tashlash, bilim va yutuqlar yo‘lida yanada faol bo‘lish uchun katta ruhiy turtki bo‘ldi.

Bayramona dasturxon, qiziqarli o‘yinlar, ajoyib tanlovlar hamda qimmatli sovrinlar kechaga alohida shukuh baxsh etdi. Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri — 👑 ballning qirol va qirolichalari aniqlanib, tantanali tarzda taqdirlangani bo‘ldi. Bu esa ishtirokchilarning quvonchini yanada oshirdi.

Kechaning musiqiy bezagiga maxsus mehmonlar — MC Sancho, DJ Denzo va DJ Bella katta hissa qo‘shishdi. Ularning energiyaga to‘la chiqishlari va zamonaviy musiqiy setlari bayram kayfiyatini cho‘qqiga olib chiqib, raqs maydonini bir zum ham bo‘sh qoldirmadi.

photo-2025-12-21-22-47-23
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-21-22-37-58
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-21-22-37-57-4
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-21-22-37-57-3
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-21-22-37-57-2
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-21-20-55-39
Ko‘rib chiqish
photo-2025-12-21-20-55-38-2
Ko‘rib chiqish