Tashkiliy tuzilma
Rektorat

Vazifalari
Xalqaro Nordik Universitetining rektorati o‘z talabalariga eng yuqori sifatli ta'lim va ilmiy tadqiqot imkoniyatlarini taqdim etishga intiladi.
Universitetimizning asosiy maqsadi — talabalarga zamonaviy bilimlarni berish va ularni global miqyosda muvaffaqiyatli kasb-hunarlar uchun tayyorlash. Rektorati sifatida ta'lim jarayonini doimiy ravishda yangilab, o‘quv metodikalarini modernizatsiya qilish, ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish va innovatsion fikrni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratamiz.
Har bir talabaga muvaffaqiyatga erishish uchun zarur sharoitlarni yaratib, xalqaro miqyosda ilg‘or yutuqlarga erishishga xizmat qilamiz.
Xodimlar

Sherzod Mustafaqulov Igamberdiyevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv va ilmiy-innovatsion tadqiqot markazi direktori, Qo‘qon universiteti rektori kabi nufuzli lavozimlarda ishlagan.

Nuriddin Muradullayev Nasriddinovich
Professional risk menejeri, Ta'lim bo'yicha mutaxassislik - risklarni boshqarish va sug'urta, bank va moliya, moliyaviy tahlil va ekonometrika.

Muhammadsiddiq Amonboyev
Tadqiqot yo'nalishlari: Turizm, xizmat ko'rsatish iqtisodiyoti, turizm menejmenti, korporativ boshqaruv, korporativ investitsiyalar. Tadqiqot mavzusi: “Korporativ korxonalarning investitsion jozibadorligini oshirish metodologiyasi

Odil Qo'ysinov Almuratovich
Pedagogika fanlari doktori,professor.2018 yil Xitoyning "Shansi Normal University" faxriy professori unvoni sohibi boʻlgan.Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti prorektori va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan