Psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi

Kafedralar

Psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi

13 xodim

Vazifalari

Psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi 2022-yil Pedagogika kafedrasi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, mustaqil ravishda 2023 yilning avgust oyidan o‘z faoliyatini yurita boshladi.   

Kafedra universitet Iqtisodiyot va pedagogika fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, unda bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ustoz-shogird ishlarni, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.  

Kafedra tarkibiga 16 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), hamda doktorant, mustaqil izlanuvchi, shuningdek, 1 nafar ish yurituvchi xodimlar faoliyat olib boradi.

Xodimlar

Lutfullayeva Nigora Xalimbayevna

Kafedra mudiri

Lutfullayeva Nigora Xalimbayevna

Mutaxassisligi: psixolog, psixologiya fani o’qituvchisi. Ilmiy ishlari: 2 ta darslik, yakkamualliflikda 6 ta o’quv qo’llanma, 2 ta uslubiy qo’llanma, 2 ta monografiya hamda 68 та respublika va xalqaro miqyosidagi maqola, tezislar muallifi. Tadqiqot yo’nalishlari: psixologiya, psixofiziologiya, ijtimoiy psixologiya, iqtisodiy psixologiya, ta’limning innovatsion texnologiyalari.

Arapbayeva Damegul Kurbanovna

PhD, dotsent

Arapbayeva Damegul Kurbanovna

Mutaxassisligi: psixologiya, umumiy psixologiya, psixologiya tarixi Ilmiy ishlari: hammualliflikda 4 ta metodik qo’llanma, 2 ta monografiya hamda 85 та respublika va xalqaro miqyosidagi maqola, tezislar muallifi.

Mahmudova Dilafruz Baltabayevna

Dotsent

Mahmudova Dilafruz Baltabayevna

Mutaxassisligi: filolog, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi. Ilmiy ishlari: 1 ta darslik, yakka mualliflikda 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosda chop etilgan 46 ta ilmiy maqola va tezislar muallifi. Tadqiqot yo‘nalishlari: maktabgacha ta’lim asoslari, nutq o‘stirish metodikasi, maktabgacha ta’limda menejment asoslari, maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika, etnopedagogika, maktabgacha ta’limda o‘yin texnologiyalari.

Sharafutdinova Durdona Akmalevna

PhD, v.b., dotsent

Sharafutdinova Durdona Akmalevna

Mutaxassisligi: maktabgacha ta’lim va bolalar sporti. Ilmiy ishlari: yakkamualliflikda 1 ta o’quv qo’llanma, 1 ta hamda 28 та respublika va xalqaro miqyosidagi maqola, tezislar muallifi. Tadqiqot yo’nalishlari: maktabgacha ta’lim, maktabgacha ta’lim tashkilotlari ish hujjatlari bilan ishlash.

Gafforova Madixa Ixtiyor qizi

PhD, katta oʻqituvchi

Gafforova Madixa Ixtiyor qizi

Mutaxassisligi: psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha). Pedagogik va ilmiy ishlari: Respublika va xalqaro miqyosda chop etilgan 18 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Tadqiqot yo‘nalishlari: ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, umumiy psixologiya, eksperimental psixologiya, psixodiagnostika, differensial psixologiya, pedagogik psixologiya. O‘qitadigan fanlari: umumiy psixologiya, eksperimental psixologiya, psixodiagnostika, differensial psixologiya, pedagogik psixologiya, psixologik tadqiqot natijalarini qayta ishlash metodlari va texnologiyalari.

Abdullayeva Sevara Nuriddinovna

PhD, katta o'qituvchi

Abdullayeva Sevara Nuriddinovna

Mutaxassisligi: maxsus pedagog (defektolog, logoped) fan o‘qituvchisi. Ilmiy ishlari: yakka mualliflikda 1 ta o‘quv qo‘llanma, respublika va xalqaro miqyosda 25 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi. Tadqiqot yo‘nalishlari: anatomiya, odam genetikasi, nutq o‘stirish maxsus metodikasi, logopedik texnologiya I, logopedik texnologiya II, logopediya IV, logopedik mashg‘ulotlarni tashkil etish va rejalashtirish.

Baxadirova Zulfizar Azimbayevna

Katta o'qituvchi

Baxadirova Zulfizar Azimbayevna

Mutaxassisligi: maxsus pedagogika (defektologiya, logopediya). O‘qitadigan fanlari: maxsus pedagogika, logopediya, inklyuziv ta’lim. Ilmiy ishlari: 1 ta o‘quv qo‘llanma (yakka mualliflikda), 2 ta monografiya, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosda chop etilgan 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Tadqiqot yo‘nalishlari: maxsus pedagogika va logopediya; nutq buzilishlarini diagnostika qilish va korreksiyalash; inklyuziv ta’lim; autizmli va koxlear implantli bolalar bilan korreksion ishlash.

Axmedova Nazokat Erkinovna

Katta o'qituvchi

Axmedova Nazokat Erkinovna

Mutaxassisligi: Tasviriy san’at, tasviriy san’at psixologiyasi, tasviriy san’at nazariyasi va tarixi, tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi, tasviriy san’at texnologiyasi. Ilmiy ishlari: yakka mualliklikda 1ta metodik qo’llanma, 23 tа respublika va xalqaro miqyosidagi maqola muallifi.

Razzoqova Mahliyo Qosimjonovna

Katta o'qituvchi

Razzoqova Mahliyo Qosimjonovna

Mutaxassisligi: Maktabgacha ta'lim. Pedagogik ilmiy ishi: 24 ta Respublika va Xalqaro maqolalar muallifi. Tadqiqot yo'nalishlari: Maktabgacha ta'limda pedagogik diagnostika, maktabgacha ta'limda o'yin texnologiyalari, maktabgacha ta'lim asoslari, maktabgacha pedagogika, maktabgacha ta'lim mutaxasisligi fanlari.

Shodiboyev Shoxruh Shuhrat o`g`li

Katta o'qituvchi

Shodiboyev Shoxruh Shuhrat o`g`li

Mutaxassisligi: psixolog, psixologiya fani o’qituvchisi Ilmiy ishlari: 6 та respublika va xalqaro miqyosidagi maqola, tezislar muallifi. Tadqiqot yo’nalishlari: psixologiya, psixofiziologiya, media psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya,

Egamberdiyeva Maftuna Karimboy qizi

Katta oʻqituvchi

Egamberdiyeva Maftuna Karimboy qizi

Mutaxassisligi: Maktabgacha ta’limIlmiy ishlari: 1 ta hammualliflikda OAK ro’yxatidagi respublika jurnalida maqola, yakka mualliklikda 5 ta respublika va xalqaro miqyosidagi maqola muallifi. Tadqiqot yo’nalishlari: maktabgacha pedagogika, maktabgacha ta’lim asoslari, bolalarni maktabga tayyorlash.

Qayumova Gulshodaxon Muxammadjon qizi

Assistent-oʻqituvchi

Qayumova Gulshodaxon Muxammadjon qizi

Mutaxassisligi: defektolog, surdopedagog, maxsus pedagogika fani o‘qituvchisi. Ilmiy ishlari: 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosda chop etilgan 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Tadqiqot yo‘nalishlari: maxsus pedagogika, surdopedagogika, logopediya, pedagogik amaliyot, ta’limning innovatsion texnologiyalari.

Fayziyeva Gulzoda Ulug'bekovna

Assistent-o'qituvchi

Fayziyeva Gulzoda Ulug'bekovna

Lotin yozuvida

Mutaxassisligi: psixolog, psixologiya fani o‘qituvchisi. Ilmiy ishlari: “Psixologik maslahat va kouching” darsligi hamda 4 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. Respublika va xalqaro nufuzli ilmiy jurnallarda emotsional intellekt, transformatsion liderlik, raqamli muhitdagi geteronom transformatsiyalar, axborot-psixologik xavfsizlik hamda gender siyosatiga bag‘ishlangan 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchisi (doktorant). Xalqaro ilmiy tanlov g‘olibi (Berlin, Germaniya): 2023-yilda Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan “Problems of Science and Education” xalqaro ilmiy konferensiyasi va tanlovi doirasida “Actual Problems of Joint Management of Water Resources in Central Asia and Prospects for Their Solution” mavzusidagi ilmiy ishi uchun Laureate I Prix (I darajali diplom) bilan taqdirlangan. Singapur Jahon Madaniyat va San’at Assotsiatsiyasi (FOWCAAS): Global Faxriy Kengash (Global Honorary Council) a’zosi (2022-yildan). Xalqaro mukofotlar: Parij shahridagi Grand Gala Award (2023) hamda Euro Media Star Group mukofotlari sovrindori. Tadqiqot yo‘nalishlari: psixologiya, psixologik diagnostika, axborot-psixologik xavfsizlik, raqamli madaniyat va yoshlarning axborot xulq-atvori, psixologik maslahat va kouching, ta’lim psixologiyasi.