Marketing va PR departamenti

4 xodimlar
Marketing va PR departamenti

Vazifalari

Maqsadi: Universitetning brendini mustahkamlash, uning xalqaro va milliy miqyosdagi obro‘sini oshirish, hamda universitetning faoliyatini jamoatchilikka yetkazish.


Vazifalari: Universitetning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Ijtimoiy tarmoqlar, media va boshqa kommunikatsiya kanallarida universitetning imidjini targ‘ib qilish. Universitetda o‘tkaziladigan tadbirlar va loyihalarni jamoatchilikka taqdim etish. Universitetning o‘quv dasturlari va yutuqlarini mahalliy va xalqaro auditoriyaga yetkazish. PR kampaniyalarini tashkil qilish va universitetning jozibadorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish.

Xodimlar

Olimjonov Bobirjon Farxod o‘g‘li
Departament rahbari

Olimjonov Bobirjon Farxod o‘g‘li


Ta'lim va Tajriba"El-Yurt Umidi" Stipendiyasi sohibi.Koreya, Keimyung Universiteti – "Raqamli Iqtisodiyot" bo'yicha kurs tamomlagan.Yevropada Tajriba Orttirgan – Xalqaro hamkorlik va amaliy bilimlar.Marketing, SMM va E-tijorat sohalarida faoliyat yuritaman.Kasbiy Ko'nikmalarMarketing: Strategiyalar ishlab chiqish, bozor tadqiqotlari, brending.SMM: Ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish, auditoriyani oshirish, reklama kampaniyalari.E-tijorat: Onlayn savdo platformalari, tovar va xizmatlarni raqamli tarzda targ'ib qilish.Raqamli Iqtisodiyot: Zamonaviy texnologiyalar va iqtisodiyotni integratsiyalash.

Sharofiddinov Sardorbek
Video Operator - Fotograf

Sharofiddinov Sardorbek


Faoliyati davomida Granite Mining MChJ xorijiy korxonasida direktor yordamchisi bo’lib ishlagan. Shuningdek InApp Travel turistlik agentligida ham ishlab, xozirda faoliyatini Xalqaro Nordik Universitetining Media xizmatlarini ko’rsatish bo’limida olib bormoqda.

Meliqo'ziyev Kamronbek
Video kontent, prodyuser

Meliqo'ziyev Kamronbek

2 yildan ortiq tajribaga ega video editorman, Premiere Pro va After Effects’da professional montaj va vizual storytelling bilan ishlayman. Bir nechta kompaniyalarda ishlagan tajribam orqali marketing va SMM uchun kreativ kontent yaratish, auditoriya jalb qilish va brend imidjini mustahkamlashga ixtisoslashdim.

Philip Bae (Seung Jun)
Brending bo‘yicha mutaxassis

Philip Bae (Seung Jun)

Filip Bae (Seung Jun) universitetning brend narrativi va vizual estetikasini nazorat qiluvchi brending bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi. Uning faoliyati universitet miqyosidagi tashabbuslar hamda talabalarga yo‘naltirilgan kommunikatsiyalarni strategik loyihalash va hayotga tatbiq etishga qaratilgan bo‘lib, muassasaning uzoq muddatli missiyasi bilan uyg‘unlikni ta’minlaydi.

Webster University Tashkent Media yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi bitiruvchisi sifatida, uning qarashlari ijtimoiy va gumanitar fanlar asosida shakllangan. Akademik relyativizmga shaxsiy ta’lim falsafasi sifatidagi sodiqlik unga nazariy va amaliy bilimlarni amaliy instrumental qiymatga sintez qilish imkonini beradi: bu esa talabalar jamoasi va universitetning institutsional manfaatdor tomonlari (steykxolderlari) uchun birdek ahamiyatli bo‘lgan narrativlarni yaratishda namoyon bo‘ladi.