Chet tillar kafedrasi

Kafedralar

Chet tillar kafedrasi

32 xodim

Vazifalari

Chet tillar kafedrasi 2024-2025 o´quv yilining sentabr oyidan o´z faoliyatini boshladi. Kafedra tarkibida 23 nafar professor-o‘qituvchilar mavjud bo´lib, 2 nafari Finlandiya davlati oliygohlaridan tashrif buyurib, talabalarimizga fin tilidan saboq berishmoqda. Kafedramiz jamoasi talaba yoshlarga ingliz, nemis, fin va rus tili ko'nikmalarini rijojlantirishda bir biridan qiziqarli bo´lgan amaliy dars jarayonlarini taklif qilishadi.


Kafedramiz shiori: “Yangi O´zbekiston yoshlarini kuchli, chet tillari ko´nikmalariga ega bo´lgan mutaxassislar qilib tayyorlashdir.” Bu borada professor-o‘qituvchilarimiz o‘z vazifalarini zamonaviy yevropa o‘qitish standartlari asosida amalga oshirishmoqda. Kafedramizning asosiy maqsadlaridan biri talabalarga Finlandiya ta’lim standartlari asosida va zamonaviy til o‘qitish usullaridan foydalangan holda chet tillarini o‘rgatishdir.


Jamoamiz Yevropadagi universitetlar, xususan, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya va Shvetsiyadagi hamkor mamlakatlardan mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi va har yili xalqaro ma'ruzachilar va maslahatchilarni taklif qiladi. Chet tillar kafedrasi muntazam ravishda xalqaro Yevropa loyihalarida ishtirok etadi, professor-o‘qituvchilar ham o‘z kasbiy mahoratini oshirish maqsadida xorijiy loyihalarda faol ishtirok etadilar.

Xodimlar

Narbekova Zuxra Tadjibayevna

PhD, Kafedra mudiri

Narbekova Zuxra Tadjibayevna

Filolog (Nemis tili va adabiyoti mutahasisi),Psixolog, DifektologXalqaro Nordik Universiteti, Chet tillari kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. 1990 -1995 yillar davomida O´zbekiston davlat jahon tillari universitetini nemis tili filologiya yo´nalishini tamomlagan.1995- 2014 yillar davomida O´zbekiston davlat jahon tillari universitetini nemis tili filologiya fakultetida pedagogik faoliyatini olib borgan. 2014-2024 yillar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xorijiy tillar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.2024 yil yangi o´quv yilidan Xalqaro Nordik Universitetida, Chet tillar kafedrasi mudiri lavozimida pedagogik faoliyatini boshlagan. Xozirgacha 6 nafar darslik, 12 nafar o´quv qo´llanma, 1 ta elektron o´quv qo´llanma va 50 dan ortiiq ilmiy maqollalar muallifidir.O´zbekistonda nemis tilini yevropa standartlari talabida o´qitilishini ta´minlash maqsadida Germaniya, Avstriya davlatlari oliygohlari bilan hamkorlikda qilingan xalqaro loyihalarda ishtirok etgan. Bir necha bor DAAD, Goethe Institut va ÖaD tashkilotlari e´lon qilgan stipendiyalar sohibi bo´lgan. Milliy universitet va O´zbekiston davlat jahon tillari universitetlari qoshida ochilgan malaka oshirish kurslarida nemis tili metodikasidan dars berib kelgan. Germaniya va boshqa davlatlarda o´z faoliyatini olib borayotgan bir qancha shogirddlarga ega.

Madina Isakova

Katta o'qituvchi

Madina Isakova

Madina Isakova Abdukarim qizi Toshkent viloyati, Qibray tumanida tug'ilgan. 2017- yil O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining “Xorijiy til va adabiyot” fakultetiga o‘qishga kirib, 2021-yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2021-2022- yillarda Toshkentdagi Webster Universiteti magistratura bo'limida "MA TESOL" yo'nalishi bo'yicha tahsil olgan. Madina Isakova 2020-yil Toshkent shahridagi "Invento" International schoolda assisstent o'qituvchi, 2021-2022- yillarda Toshkent shahridagi 286-maktabda ingliz tili o'qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-2023- yillarda Toshkent Kimyo-texnologiya institutida assistent o'qituvchi lavozimida ishlagan. 2022-2023 yillar Xalqaro Nordik universiteti "xorijiy tillar" kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida ishlab, 2024- yildan "Chet tillar" kafedrasidakatta o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2024-yil avgust oyida Finlandiyadagi "Kareliya amaliy fanlar universitetida" malaka oshirish o'quv kursida tahsil olgan. Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Azizova Durdona

Katta o´qituvchi

Azizova Durdona

Azizova Durdona Avazbekovna 1994-yil 10- fevral Namangan viloyati, Yangiqo’rg’on tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2017-yil Andijon davlat universitetining “Ingliz tili va adabiyoti” fakultetini tamomlagan. 2021-2022 yillarda Webster Universiteti MA TESOL yo’nalishida magistratura bosqichini tamomlagan. Ish faoliyatini 2015-2016 yillar Andijon shahar “Taraqqiyot” til o’rgatish markazida yordamchi o’qituvchi (tyutor) ; 2016-2017 yillar Andijon viloyati Andijon shahar Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasi “Istiqlol nihollari” bog’chasida tarbiyachi; 2017-2018 yillarda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanidagi 10- o’rta ta’lim maktabida ingliz tili o’qituvchisi; 2018-2021 yillarda Toshkent shahar Olmazor tumani 219- o’rta ta’lim maktabida ingliz tili o’qituvchisi; 2020-2023 yillarda Toshkent shahar RIKS Education til o’rgatish markazida “General English” o’qituvchisi; 2022-yildan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “ Chet tillar kafedrasida” katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2025-yildan Xalqaro Nordik universiteti 1- kurs tayanch doktaranti . Ilmiy faoliyati davomida 10 dan ortiq maqolalar , xorijiiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Karimova Munira Axmadjanovna

Katta o'qituvchi

Karimova Munira Axmadjanovna

Karimova Munira Axmadjanovna 1992-yil 28- iyul Andijon viloyati Xonobod shahrida tug’ilgan. Millati – o’zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali: 2 nafar farzandi bor. 2011-2015- yillarda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz filologiyasi” fakultetini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2015-2017- yillarda mazkur universitetning “Lingvistika (ingliz tili)” fakulteti magistratura bosqichini tamomladi. Karimova Munira mexnat faoliyatini 2010-2011- yilda Andijon viloyati Xonobod shahar 9-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Yoshlar yetakchisi” vazifasida boshladi. 2015- 2017-yillarda Toshkent Islom Universiteti qoshidagi akademik litsey “Xorijiy tillar” kafedrasida ingliz tili o’qituvchisi, 2017 – 2024- yillarda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Chet tillari” kafedrasida ingliz tili o’qituvchi stajyor lavozimida faoliyat yuritgan. 2024- yil 4-Sentyabrdan Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillari” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha 25 ga yaqin (shulardan 1 ta o’quv qo’llanma, 10 ta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar, hamda 10 dan ziyod xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr qilgan.

Djamalutdinova Barno Ramizitdinovna

Katta o'qituvchi

Djamalutdinova Barno Ramizitdinovna

Djamalutdinova Barno Ramizitdinovna 1977 yil 16 avgust Toshkent shahri, Chilonzor tumanida tug’ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 1994 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirib, 1999 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 1999 yil o’z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining “Xorijiy tillar” kafedrasida katta laborant lavozimida boshlagan. 2000 yildan 2012 yilga qadar mazkur kafedrada dosent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2012-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasining “Xorijiy tillar” kafedrasida dosent vazifasini bajaruvchi lavozimida mehnat munosabatlari davom ettirildi. 2013-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi, Soliq akademiyasi “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan. 2014-2017 yillarda “Beauty plus” MChJda, maslahatchi-tarjimon lavozimiga ishga qabul qilingan va shu bilan bir vaqtda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “O‘zbek va horijiy tillar” kafedrasida o‘rindoshlik asosida ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bordi. 2017-2023 yillarda mazkur institutda asosiy shtat asosida, ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida mehnat munosabatlari davom ettirildi. 2023 yildan hozirgi vaqtga qadar Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Qulmamatov Oybek Amonovich

Katta o'qituvchi

Qulmamatov Oybek Amonovich

Qulmamatov Oybek Amonovich 1985 yil 21 noyabr Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 2004 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirib, 2008 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2009-2011 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limida Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi bo‘yicha, 2020-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi magistratura bo‘limida davlat va munisipal boshqaruv yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. Qulmamatov Oybek 2011-2012-yillarda Toshkent arxitektura va qurilish instituti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida, 2012-2020-yillarda shartnoma asosida Abu-Dabi xalqaro aeroportida duty-free xizmati nazoratchisi lavozimida, 2020-2021-yillarda Toshkent arxitektura va qurilish instituti “Xorijiy tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida, 2021-yil sentabr-dekabr oylarida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi №3” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 2022-2024 yilllarda O‘zDJTU tayanch doktorantura bosqichida tahsil olgan. Ixtisoslik shifri: 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. Ilmiy tadqiqot ishim mavzusi: “Og‘zaki nutq janrlarining lingvomadaniy tadqiqi (ingliz tilidagi dozens va o‘zbek tilidagi askiya misolida)”. Dissertatsiyasi ilmiy seminar muhokamasi bosqichida.2024 yil oktabrdan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Chernova Natalya

Katta o'qituvchi

Chernova Natalya

Chernova Natalya Vasilevna 1989-yil 4-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan.Millati rus, Oliy ma'lumotga ega. Oilaviy holati: Oilali.Ta’lim faoliyati:2008-2012 yy.-Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi (bakalavr)2012-2014 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi (magistratura) Mehnat faoliyati:2013-2015 yy. - Toshkent shahar M.Ulug'bek tumani 225-maktab rus tili o’qituvchisi2015-2019 yy. - International House-Tashkent akademik litseyi rus tili va adabiyot fani o‘qituvchisi2019- 2023 yy. - YATT «Oryol» boshqaruvchi yordamchisi 2021-2023 yy. - Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Rus tili” kafedrasi katta o‘qituvchisi2023-h.v.q. - Xalqaro Nordic universiteti “Chet tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisiIlmiy faoliyati2024-yildan Kimyo xalqaro universitetida mustaqil izlanuvchi.Ixtisoslik shifri: 13.00.02 - Теория и методика обучения и воспитания (русский язык)Ilmiy mavzu: “Лингвометодические основы формирования фразеологической компетенции студентов неязыковых вузов, изучающих русский язык”.Dissertatsiya ilmiy seminar muhokamasi bosqichida.15 dan ortiq maqola va tezislar xorijiy hamda mahalliy konferensiyalarda e’lon qilingan.

Sarimsakova Gulchehra Muratovna

Katta o'qituvchi

Sarimsakova Gulchehra Muratovna

Sarimsakova Gulchexraxon Muratovna 1970 yil 21 dekabrda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1990-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetining rus tili va adabiyoti yo‘nalishiga o‘qishga kirib, mazkur universitetni 1995-yilda tamomlagan. 1998-yildan boshlab Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti o‘zbek va rus tillari kafedrasi laboranti bo’lgan. 1999-2000 yillar Toshkent avtomobil-yo‘llari institutining o‘zbek va rus tillari kafedrasi assistent o‘qituvchisi, 2000-2008 yillar Toshkent avtomobil-yo‘llari instituti, yo‘l xo‘jaligi va boshqaruvi fakultetining dekan o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.2024 yil sentabr oyidan Xalqaro Nordik universiteti chet tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida hozirgacha jami 40 ta (shulardan 1ta darslik, 2 ta o‘quv qo’llanma, 1 ta elektron o‘quv qo’llanma, 1 monografiya va  16 ta xorijiy va mahaliy ilmiy jurnallarda maqolalar hamda 19 xorijiy va mahaliy konfirensiyalarda tezislar) ilmiy ishlar nashr etgan.

Azamatova Nodira Bayitovna

Katta o'qituvchi

Azamatova Nodira Bayitovna

Аzamatova Nodira Bayitovna 1968 yil 24 iyul Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida toʼgʼilgan. 1985 yili Sirdaryo viloyati Guliston Davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakulьteti kunduzgi boʼlimiga oʼqishga kirib uni 1990 yili tamomladi. 2005-2014 yillar davomida Toshkent Davlat Pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasida katta oʼqituvchi boʼlib ishlab, mazkur kafedrada ilmiy faoliyatini davom ettirdi. Rus tilida dissertatsiya mavzusi boʼyicha ilmiy tadqiqot olib borib, qator maqolalar, metodik qoʼllanma nashr ettirdi.2023/2024 yillarda Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”kafedrasida katta oʼqituvchi boʼlib ishladi va shu davrda Nordik Xalqaro Universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasida dastlab soatbay katta oʼqituvchi boʼlib ishlab, hozirda shu universitetning mazkur kafedrasida katta oʼqituvchi boʼlib ishlamoqda.Ilmiy tadqiqot mavzusi: “Профессиональная лекторская подготовка студентов педагогических вузов”. Dissertatsiyasi ustida ishlab, ilmiy metodik kengashdan muhokamalardan oʼtgan.Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, xorijiy va maxaliy konferentsiyadarda tezislar nashr qilgan. 2014-2023 yillarda Rossiya-Moskva shahrida xususiy taʼlim bilan shugʼullagan.

Riskiyev Bobur Bahodirovich

Katta o'qituvchi

Riskiyev Bobur Bahodirovich

Riskiyev Bobir Bahodir o’g’li 1992 yil 3 sentyabr Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Bo’ydoq. 2013 yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Rus filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirib, 2017 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2017-2019 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limida Lingvistika (rus tili) yo‘nalishi bo‘yicha oliygohda o’qigan. 2012-2013 yillarda Toshkent davlat sharq tillari instituti laborant lavozimida, 2019-2021 yillarda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hozirgi zamon rus tili kafedrasi stajyor-o’qituvchisi lavozimida, 2022-2023 yillarda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hozirgi zamon rus tili kafedrasi o’qituvchisi lavozimida, 2023-2024 yillarida – O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus adabiyoti va o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi lavozimida, 2020-2021, 2022-2023 yillarida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2022 yildan buyon O‘zDJTU mustaqil izlanuvchi doktoranturasida tahsil olib kelmoqda. Ixtisoslik shifri: 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. Ilmiy tadqiqot ishim mavzusi: “Rus va o’zbek tillarida harakat fe’llarining aktant va semantik strukturasi”. 2024 yil sentyabrdan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 15 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Kalonova Zilola Aminovna

assistent o'qituvchi

Kalonova Zilola Aminovna

Kalonova Zilola Aminovna 1976 yil 22 sentabr Farg’ona viloyati, Qo’qon shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. Oilali. 1994 yil Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika oliygohining “ Rus tili va adabiyoti” fakultetiga o‘qishga kirib, 1999 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 1999-2003 yillarda Qoqon shahridagi 33-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qituvchi, 2003-2007 yillarda Qoqon shahridagi 39-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’qituvchi, 2007-2009 yillarda Qoqon shahrida XDPda rais o’rinbosari, 2009-2014 yillarda Qoqon shahridagi 39-umumiy o’rta ta’lim maktabida raxbar o’rinbosari, 2014-2023 yillarda Qoqon shahridagi “Iqtidor Inteiiekt Ziyo” NTM da rahbar o’rinbosari, 2023- yil avgustdan boshlab Toshkent shahardagi Xalqaro Nordik universitetida “Chet tillar” kafedrasida rus tili o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan. Ixtisoslik shifri: 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (sohalar bo’yicha). Ilmiy tadqiqot ishim mavzusi: “Musiqa ta’limi yo’nalishi talabalarida rus tili kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”. 

Rametova Bibimaryam Maxmud qizi

assistent o'qituvchi

Rametova Bibimaryam Maxmud qizi

Rametova Bibimaryam Maxmud qizi 1997 yil 22 fevral Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahrida tug‘ilgan. Millati qoraqalpoq. Ma’lumoti oliy. 2015 yil Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti chet tillari fakultetiga (filologiya va tillarni oʼqitish: rus tili) o‘qishga kirib, 2019 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2019-2021 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limida Lingvistika (rus tili) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 2021 yilning 1 feral oyidan Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti rus tili va oʼqitish metodikasi kafedrasida stajor-oʼqituvchi, 2021 sentabr - 2024 iyun davomida mazkur kafedrada oʼqituvchi lavozimida ish faoliyatini oʼlib borgan. 2024 yil sentabrdan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 15 dan ortiq maqola va tezislar xorijiy hamda mahalliy konferensiyalarda nashr qilgan. 2024 yil oktabr oyida TRKI-IV (C2) (ChSRT-IV) sertifikatini olgan.

Orinbaeva Elvira Zaripbayevna

assistent o'qituvchi

Orinbaeva Elvira Zaripbayevna

O'rinbaeva Elvira Zaripbaevna 1997 yil 23-fevral Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xo'jayli tumanida tug'ilgan. Millati qoraqalpoq. Ma’lumoti oliy. 2015 yil Qoraqalpoq davlat universitetining Chet tillari fakultetiga o‘qishga kirib, 2019 yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2020-2022 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo‘limida Lingvistika (rus tili) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. O'rinbaeva Elvira Zaripbaevna 2019-2021 yillarda Xo'jayli tumani 28-sonli umumta'lim maktabida rus tili va adabiyoti o'qituvchisi lavozimida ishlagan. 2021-yildan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasida stajyor-o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2023-2024 yillarda Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasida o'qituvchi lavozimida ishlagan. 2024-yil sentyabr oyidan Xalqaro Nordik universitetida katta lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shonazarova Dilnoza Dilshod qizi

Assistent o'qituvchi

Shonazarova Dilnoza Dilshod qizi

Shonazarova Dilnoza Dilshod qizi 2000-yil, 29-may kuni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida tug'ilgan. 2019-yil Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetining "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fakultetiga o'qishga kirib, 2022-yilda mazkur oliygohni tamomlagan. 2022-2024-yillarda Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti magistratura bo'limida "Sinxron tarjima" yo'nalishi bo'yicha tahsil olgan. Shonazarova Dilnoza 2020-2024-yillar davomida shartnoma asosida "Effort team" (GrantGo), "Mastermediaproduction" (Sevimli tv), "Ay tv" kabi platformalarda tarjimon lavozimida, 2022-2023-yillarda Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi akademik litseyi "Xorijiy tillar" kafedrasida ingliz tili o'qituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2025-yil 1-yanvardan e'tiboran Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetida tayanch doktoranturada tahsil olmoqda. 2024-yil sentyabrdan boshlab Xalqaro Nordik universiteti “Chet tillar” kafedrasida assistent o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 15 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Yusupova Mahbuba Rustam qizi

assistent o'qituvchi

Yusupova Mahbuba Rustam qizi

Yusupova Mahbuba Rustam qizi 1998yil 18 fevral Xorazm viloyati, Xiva shahrida tug'ilgan. 2021-yil Urganch Davlat universitetining "Xorijiy filologiya" fakultetiga “Ingliz tili va adabiyoti” yo’nalishi bakalavr boshqichini tamomlagan. 2021-2022 yillarda Webster universiteti magistratura darajasi va qo’shimcha TEFL “TEACHING ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE” diplom bilan taqdirlangan. Faoliyati davomida “Language city” ta’lim markazida Ingliz tili o’qituvchisi lavozimida, 10-sonli o’rta ta’lim maktabida Ingliz tili o’qituvchisi lavozimida, 2022-2024 yillarda shartnoma asosida “DISTANCE EDUCATION PLATFORM” loyiha dasturida IELTS instruktori va Ingliz tili o’qituvchisi lavozimlarida ishlagan. 2024 -yildan sentyabrdan boshlab Xalqaro Nordik Universiteti “Chet tillari” kafedrasida assistent o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2025-yil 1-yanvardan Xalqaro Nordik Universiteti tayanch doktoranti. 2021-yildan hozirgacha “Ilmiy jurnal va konferensiyalar” telegram kanalida tarjimonlik, ilmiy va akademik maqolalar yaratish va nashrga tayyorlash xizmatlarini qilib kelmoqda. Hozirgacha ilmiy faoliyati davomida 30 dan ortiq maqolalar, xorijiy va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr qilgan.

Otaboyev Umrbek Umidbek o'g'li

Ish yurituvchi

Otaboyev Umrbek Umidbek o'g'li

2022-yil Urganch Davlat universitetining "Turizm (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)" yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini, 2025-yil Xalqaro Nordik universitetining "Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)" yo'nalishi bo'yicha magistr darajasini olgan. Hozirda Xalqaro Nordik universiteti "Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar" kafedrasi tayanch doktoranti hamda shu universitetning "Chet tillar" kafedrasida "ish yurituvchi" lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Karimov Feruzjon Alisher o‘g‘li

Katta o'qituvchi

Karimov Feruzjon Alisher o‘g‘li

Katta o‘qituvchi, PhD tadqiqotchisi
Ingliz tili o‘qituvchisi, tadqiqotchi va akademik. Hozirda Xalqaro Nordic Universitetida katta o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi hamda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) yo‘nalishi bo‘yicha PhD tadqiqotini olib bormoqda. 2018–2022-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida, 2023-yilda esa Webster University in Tashkentda TESOL/TEFL yo‘nalishida tahsil olgan. 2023-yilda
Norwich Institute for Language Education (NILE) tomonidan tashkil etilgan Testing, Evaluation and Assessment dasturini tamomlagan. Pedagogik faoliyati davomida maktab, universitet va xalqaro ta’lim muassasalarida General English, ESP, EAP, IELTS/CEFR, Academic Writing va Critical Thinking yo‘nalishlarida dars bergan. Ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari — EFL ta’limida critical thinking, madaniy moslashuv, AI va raqamli texnologiyalar, akademik yozuv hamda zamonaviy baholash tizimlari. Xalqaro ilmiy konferensiyalar va tadqiqot loyihalarida faol ishtirok etadi, Scopus bazasidagi hamda xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida tadqiqot olib bormoqda. Kelgusida xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish, Scopus va yuqori reytingli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, AI asosidagi ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonda zamonaviy EFL metodikasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan.
Katta o‘qituvchi | PhD tadqiqotchisi | EFL Researcher | Academic Writing & Critical Thinking | AI in Education

Muzaffarova Mohinur Muzaffar qizi

Katta o'qituvchi

Muzaffarova Mohinur Muzaffar qizi

Xalqaro Nordik universiteti Chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan va Webster Universityning Toshkentdagi filialida TESOL yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Shuningdek, TEFL sertifikatiga ega. Umumiy ingliz tili, akademik ingliz tili va IELTS bo‘yicha dars beradi. Uning kasbiy va ilmiy qiziqishlari ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish, innovatsion pedagogik yondashuvlar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda talabalarning kommunikativ va nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishni qamrab oladi. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, zamonaviy ta’lim metodologiyalari va raqamli ta’lim yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradi. Kasbiy rivojlanish doirasida Malayziyaning Universiti Utara Malaysia universitetida malaka oshirgan hamda 2026-yilda Xitoyning Nanjing Polytechnic Institute institutida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyaga asoslangan innovatsion o‘qitish metodologiyalari bo‘yicha 144 soatlik malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Sattarova Marhabo Rahmonqulovna

Katta o'qituvchi

Sattarova Marhabo Rahmonqulovna

Nemis tili o‘qituvchisi va tarjimon. Xalqaro Nordik universitetida nemis tili o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritadi. 2001–2005-yillar davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining nemis tili (DaF) yo‘nalishini tamomlagan. 2021–2023-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida nemis lingvistikasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan. Bakalavriat davrida DAAD stipendiyasi sohibasi bo‘lgan. 2006-yildan boshlab umumta’lim maktablarida nemis tili o‘qituvchisi, shuningdek, nemis va ingliz tili o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borgan. 2024-yildan oliy ta’lim tizimida nemis tili o‘qituvchisi va tarjimon sifatida faoliyat yuritmoqda. Nemis tilini C1, rus va ingliz tillarini B1 darajada biladi. Adabiy tarjima bilan shug‘ullanadi. 2023-yilda Weimar shahridagi Goethe-Gesellschaft tomonidan ta’sis etilgan Wellner-Kellner stipendiyasi sohibasi bo‘lgan. Hozirgacha 3 ta tarjima kitobi chiqqan.

Rajabova Shaxnoza Turaboy qizi

Assistent o'qituvchi

Rajabova Shaxnoza Turaboy qizi

Filolog (ingliz tili), lingvist, tarjimon (indonez tili). Xalqaro Nordik Universiteti Chet tillari kafedrasida o'qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. 2011-2015- yillar davomida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tili filologiyasi yo'nalishini tamomlagan. 2015-2017- yillar davomida shu universit O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida lingvistika (ingliztili) yo'nalishida magistratura bosqichini tamomlagan. 2017-2023-yillar davomida Toshkent Xalqaro aeroportda ro'yhatga olish agenti lavozimida ishlagan. 2023-2024- yillar davomida Yangi Asr universitetida Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchidi sifatida faoliyat olib borgan. 2024 - yildan hozirga qadar Indoneziyaning Gunadarma universitetida doktarantura yo'nalishida o'qib kelmoqda. 2026-yil yangi o'quv yilidan boshlab, Xalqaro Nordik universitetida chet tillari kafedrasida o'z faoliyatini boshlagan. Xozirgacha xorijiy jurnallarda 1 ta ilmiy maqola, bir qancha halqaro konferensiyalar ishtirokchisi, bir nechta halqaro seminarlarda taqdimotchi bo'lib ishtirok etgan. Shu kunga qadar Indoneziyada o'tqazilgan bir nechta halqaro almashinuv dasturlari ishtirokchisi, O'zbekiston va Indoneziyadagi oliy talim muassasalari o'rtasida hamkorlik qilish masalasida o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Abdurasulova Maftuna Alisher qizi

Assistent o'qituvchi

Abdurasulova Maftuna Alisher qizi

Ingliz tili o‘qituvchisi, tadqiqotchi-filolog
Abdurasulova Maftuna Alisher qizi ingliz tilshunosligi va ingliz tilini o‘qitish metodikasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassis hisoblanadi. U 2024-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakultetini tamomlagan. 2024–2026-yillarda mazkur universitetda Ingliz lingvistikasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olib, magistrlik darajasiga ega bo‘lgan.
Pedagogik faoliyatini 2020-yilda boshlagan bo‘lib, 2020–2023-yillar davomida Toshkent shahridagi “Galaktika” xususiy ta’lim markazlarida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida turli yosh toifasidagi o‘quvchilarga umumiy ingliz tili, akademik ingliz tili, grammatika, nutq ko‘nikmalari hamda xalqaro til sertifikatlariga tayyorlov yo‘nalishlarida ta’lim bergan. 2023–2024-yillarda xususiy maktabda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlab, bolalarga xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy metodlarini amaliyotga tatbiq etgan.
Ilmiy faoliyati ingliz va o‘zbek tillari vokalizmi, fonetik-fonologik jarayonlar, tarixiy tilshunoslik hamda sotsiolingvistika masalalarini qamrab oladi, unda ikki til vokal tizimlarining tarixiy taraqqiyoti va ularga ta’sir etuvchi lingvistik hamda ijtimoiy omillar qiyosiy tahlil qilingan.
Uning ilmiy ishlari respublika miqyosidagi ilmiy jurnallar va konferensiya to‘plamlarida chop etilgan. Jumladan, “The Influence of Social and Cultural Factors on Phonetic Changes in the English and Uzbek Vocalism”, “Vocalism and Social Factors in Language Development” hamda “Phonetic-Phonological Processes in the History of English and Uzbek Vocalism” nomli ilmiy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi.
Ilmiy qiziqishlari ingliz tilshunosligi, fonetika va fonologiya, tarixiy-qiyosiy tilshunoslik, sotsiolingvistika, madaniyatlararo kommunikatsiya hamda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarini qamrab oladi. Uning ilmiy tadqiqotlari asosan ingliz va o‘zbek tillari vokalizmining tarixiy taraqqiyoti, fonetik-fonologik o‘zgarishlar, til rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy va madaniy omillar hamda zamonaviy lingvistik yondashuvlarni o‘rganishga qaratilgan.
Abdurasulova Maftuna Alisher qizi o‘zbek tilini ona tili darajasida, ingliz tilini CEFR C1 darajasida mukammal biladi. Shuningdek, rus tilida kundalik va kasbiy muloqotni amalga oshirish darajasida erkin muloqot qila oladi. Pedagogik va ilmiy faoliyatida xorijiy ilmiy manbalar bilan ishlash, akademik yozuv va xalqaro ilmiy muloqotda ingliz tilidan faol foydalanib kelmoqda.

Tillaboyeva Odina Baxodirovna

Katta o'qituvchi

Tillaboyeva Odina Baxodirovna

Xalqaro Nordik Universiteti Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi, filolog va ingliz tili lingvisti.
2008–2012-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili filologiyasi yo‘nalishida bakalavr, 2015–2017-yillarda esa Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan. Magistratura davrida ERASMUS va TEMPUS qo‘shma ta’lim dasturi ishtirokchisi bo‘lgan.
Mehnat faoliyati davomida umumiy va akademik ingliz tili, shuningdek, turli yo‘nalishlarda kasbiy ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha tajriba orttirgan. Turli yillarda umumta’lim maktablari, o‘quv markazi, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Namangan muhandislik-texnologiyalar institutida faoliyat yuritgan.
Hozirgacha 1 ta darslik va 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, ingliz tilini o‘qitish metodikasi va kasbiy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish yo‘nalishlarida ilmiy-pedagogik faoliyat olib boradi

Toshpulatova Dilyara Kamol qizi

Assistent o'qituvchi

Toshpulatova Dilyara Kamol qizi

Lingvist ( Rus tili va adabiyoti mutahassisi ) Pedagog Xalqaro Nordik Universiteti. Chet tillari assistent o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritadi. 2016-2020 yillar davomida Navoiy Davlat Pedagogika Institutida rus tili va adabiyoti yo’nalishini tamomlagan. 2020-2023 yillar davomida O’zbekiston Davlat Jahon Tillari universitetini lingvistika - rus tili magistraturasini tamomlagan. 2018-2020 yillar NTM oquv markazida faoliyat yuritgan. 2023 yil yangi o’quv yilidan Xalqaro Nordik Universitetida pedagogik faoliyati boshlagan. Xozirgacha 10 dan ortiq ilmiy maqollalar mualifidir.

Jamolov Sardor Muzaffar o'g'li

Assistent o'qituvchi

Jamolov Sardor Muzaffar o'g'li

Ingliz tili o'qituvchisi, pedagog, magistr, hozirda Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasida assistent o'qituvchisi lavozimida ishlaydi. U 2020–2024-yillarda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bakalavr bosqichida xorijiy til va adabiyoti yo'nalishini tamomlagan. 2025–2026-yillarda Toshkentdagi Webster universitetida MA TESOL (Teaching English to Speakers of Other Languages — boshqa tillarda so'zlashuvchilarga ingliz tilini o'qitish) yo'nalishi bo'yicha magistratura bosqichida tahsil olgan. Ushbu dastur doirasida ingliz tilini o'qitishning zamonaviy metodikasi va amaliy yondashuvlari bo'yicha bilimini chuqurlashtirgan. Pedagogik faoliyatini 2024-yilda Al-Beruniy xalqaro maktabida boshlagan va 2026-yilgacha shu yerda ishlagan. Maktabda avval assistent, keyinchalik katta ingliz tili o'qituvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida o'quvchilarning til ko'nikmalarini rivojlantirish va ta'lim jarayonini samarali tashkil etish bo'yicha amaliy tajriba orttirgan. O'zbek tilini ona tili darajasida, ingliz tilini C1 darajasida biladi. Shuningdek, IELTS va Multilevel sertifikatlariga ega. Pedagogik faoliyatida ingliz tilidan faol foydalanib, o'quvchi va talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga e'tibor qaratadi. Kelgusida ingliz tilini o'qitish metodikasi yo'nalishida doktorantura (PhD) bosqichiga kirib, ilmiy daraja olishni, keyinchalik dotsent unvoniga erishishni rejalashtiradi. Xalqaro va Scopus bazasidagi jurnallarda maqolalar chop etishni hamda zamonaviy metodikalarni amaliyotga joriy etishni maqsad qilgan.

Xushbokov Oybek Uralovich

Katta o'qituvchi

Xushbokov Oybek Uralovich

Nemis tili o‘qituvchisi, pedagog va ilmiy tadqiqotchi. 1993–1998-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olib, nemis tili va filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot olgan. 2020–2024-yillarda Mordova davlat pedagogika universitetining aspirantura bosqichida tahsil olib, ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlikdan o‘tgan. Pedagogik va ilmiy faoliyati davomida xalqaro ilmiy maydonda muntazam ravishda tadqiqot ishlarini olib borib kelmoqda. Ta’lim va ilm-fan sohasida yetakchi tajribaga ega bo‘lgan Germaniya, Shveytsariya hamda Rossiyaning ilmiy-tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalari bilan xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Uning ilmiy qiziqishlari o‘qituvchining jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, pedagog shaxsining tarixiy taraqqiyotdagi o‘rni, zamonaviy ta’lim tizimidagi kasbiy missiyasi hamda ijtimoiy-madaniy ahamiyatini tadqiq etishga qaratilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyatida o‘qituvchilik kasbining nufuzi va jamiyat taraqqiyotidagi strategik ahamiyatini yoritishga alohida e’tibor beradi. 2017-yilda Germaniyaning Berlin shahridagi Gyote Instituti stipendiyasi sohibi bo‘lib, xalqaro malaka oshirish va akademik tajriba almashish dasturida ishtirok etgan. 2026-yilda esa Germaniyaning Drezden shahridagi Gyote Instituti stipendiyasini qo‘lga kiritib, zamonaviy xorijiy til ta’limi, pedagogik innovatsiyalar va xalqaro akademik tajriba almashinuvi yo‘nalishidagi malaka oshirish dasturida qatnashgan. Qozon federal universiteti negizida tashkil etilgan ko‘plab xalqaro ilmiy konferensiya va anjumanlarda faol ishtirok etib, pedagogika, ta’lim va ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlari natijalarini xalqaro akademik jamoatchilikka taqdim etgan. Shuningdek, Malayziyadagi oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik doirasida Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnal tahririyati faoliyatida muharrir sifatida ishtirok etib, ilmiy ekspertiza, maqolalarni tahririy baholash va akademik nashriyot jarayonlariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirda Xalqaro Nordic universitetida nemis tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib borib, talabalarning til, madaniyatlararo muloqot va xalqaro akademik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik tashabbuslarni amalga oshirmoqda.
Shuningdek, SIGEH ELT: Journal of Literature and Linguistics ilmiy jurnalida xalqaro taqrizchi (International Reviewer) sifatida faoliyat yuritib, ilmiy maqolalarni ekspert baholash, akademik sifat mezonlarini ta’minlash va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish jarayonlariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
U o‘zining ilmiy va pedagogik faoliyatini o‘qituvchi shaxsining tarixiy va zamonaviy missiyasini tadqiq etish, pedagog kasbining ijtimoiy nufuzini yuksaltirish hamda ta’lim orqali jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish g‘oyalariga bag‘ishlab kelmoqda.

Zarnigor Eshqo’ziyeva  Erkinjon qizi

Assistent o'qituvchi

Zarnigor Eshqo’ziyeva Erkinjon qizi

Pedagog (Ingliz tili va adabiyoti mutaxassisi), Xalqaro Nordik Universiteti ingliz tili o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritadi. 2019-2023 yillar davomida bakalavr uchun O’zbekiston Davlat  Jahon Tillari Universitetini “Ingliz tili va adabiyoti” yo’nalishini va 2024-2025 esa yillarda magistratura uchun Toshkentdagi Webster Universitetini MA TESOL programmasini tamomlagan. 2025-2026 yillarda o’z faoliyatini Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universitetida Ingliz tili o’qituvchisi sifatida boshlagan. 2026-yil yangi o’quv yilidan boshlab Xalqaro Nordik Universitetida “Chet tillari” kafedrasida ingliz tili o’qituvchi sifatida o’z faoliyatini boshlagan. Hozirgacha 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. O’rta Osiyoda ta’lim tizimiga yangi metodlar maqsadida qilinga PRESETT forumlarida faol ishtirok etgan.

 

Djurayeva Nargiza Kudratillayevna.

Katta o'qituvchi

Djurayeva Nargiza Kudratillayevna.

Ingliz tili mutaxassisi, TESOL magistri. Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. 2000–2004-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2022–2023-yillarda Toshkent shahridagi Vebster xalqaro universitetining TESOL magistratura yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2009–2018-yillarda “Yog‘ tahlil servis” MChJda bosh mutaxassis lavozimida ishlagan. 2018–2021 va 2023–2025-yillarda International School of Finance, Technology and Science (ISFT) institutida, 2021–2023-yillarda “Millat Umidi” universitetida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 2025-yil sentabridan Xalqaro Nordik universitetida, Chet tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2024-yildan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi bo‘lib, oliy ta’limda vazifaga asoslangan til o‘qitish (TBLT) metodikasi bo‘yicha dissertatsiya ustida ishlamoqda. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, OAK tomonidan tavsiya etilgan nashrlarda 8 ta maqolasi chop etilgan. “English for Finance and Economics” o‘quv qo‘llanmasi hamda “Enhancing Linguistic Competence in Higher Education through the TBLT Methodological Approach” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi muallifi.

Usarqulova Zarifa Zafar qizi

Assistent o'qituvchi

Usarqulova Zarifa Zafar qizi

Assistent o'qituvchi, filolog, pedagog, magistr, tadqiqotchi. Hozirda Xalqaro Nordic Universitetida assistent o'qituvchi sifatida faoliyat yuritadi. 2018-2022-yillarda Qarshi Davlat Universitetida, 2024-2026-yillarda esa Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetida Lingvistika yo'nalishida tahsil olgan. Pedagogik faoliyati davomida 2021-2024 yillarda Qarshi shahridagi "Kliffs" o'quv markazida, 2022-2024 yillar oralig'ida esa Qarshi shahridagi 33-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'z faoliyatini olib borgan. 2026-yil yangi o'quv yilidan Xalqaro Nordik Universitetida, Chet tillari kafedrasi assistent o'qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini boshlagan. Hozirgacha 10ga yaqin ilmiy maqolalar muallifidir. Kelgusida Scopus va yuqori reytingli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, AI asosidagi ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish va zamonaviy metodikalarni takomillashtirish bo'yicha faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan.

Raxmonqulova Dilshoda Murodqo‘ziyevna

PhD, Dotsent

Raxmonqulova Dilshoda Murodqo‘ziyevna

Filolog (Nemis tili va adabiyoti mutaxasisi), pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2005-2009 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti nemis tili fakulteti filologiya yo‘nalishida bakalavr hamda, 2009-2011-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida xorijiy filologiya fakulteti nemis tili yo‘nalishida magistraturani tamomlagan. 2011-yil sentabr oyidan 2011-yil dekabr oyigacha Qashqadaryo viloyati Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti til va adabiyot kafedrasida pedagogik faoliyatini olib borgan. 2015-2017-yillarda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida chet tili o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-yil yanvar oyidan 2018-yil mart oyigacha Toshkent viloyati Chirchiq shahar 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida chet tili fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2018-yil mart oyidan 2022-yil noyabr oyigacha Chirchiq oliy tank qo‘mondon muhandislik bilim yurti Tillar kafedrasida nemis tili o‘qituvchisi, 2022-yil noyabr oyidan 2023-yil sentabr oyigacha Chirchiq oliy tank qo‘mondon muhandislik bilim yurti Tillar kafedrasida nemis tili katta o‘qituvchisi, 2023-yil sentabr oyidan 2025- yil sentyabr oyigacha Chirchiq oliy tank qo‘mondon muhandislik bilim yurti Tillar kafedrasi dotsenti, 2025-yil sentyabr oyidan 2026-yil sentyabr oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlidagi qo‘shinlar instituti Tillar kаfеdrаsi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 2026-yil sentyabr oyidan boshlab Xalqaro Nordik universiteti Chet tillar kafedrasi dotsenti lavozimida pedagogik faoliyatini boshlagan. Hozirgacha 3 nafar darslik, 7 nafar o‘quv qo‘llanma, 1 nafar monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. 2023-yil 4-oktyabrda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2024-yil dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. Bugungi kunga qadar DAAD hamda Goethe institutlari tomonidan e’lon qilingan stipendiyalar sohibi bo‘lgan. 2019-yil Germaniya Federativ Respublikasining Xyurt shahrida Bundesvehr Til o‘qitish markazida, 2020- yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari unversitetida, 2024-yil may oyida O‘zMU huzuridagi tarmoq (mintaqaviy) markazda qayta tayyorlash kurslarida malakasini oshirgan. Bugungi kunda Phd dissertatsiyasi hamda magistrlik dissertatsiyalari yozayotgan bir qancha shogirdlarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.

Jamedinova Venera Kulanovna

PhD, Dotsent

Jamedinova Venera Kulanovna

Xalqaro Nordic Universiteti, Chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritadi. U 1984-1989 - yillar davomida Nukus davlat universitetining Rus filologiyasi fakultetida “Filolog, rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Umumiy ish tajribasi 37 yil, shundan 10 yil oliy ta'lim sohada. 2022-yilda u rus tilidan davlat testini tugatganligi haqida «ТРЕТИЙ (ТРКИ-III/C1) sertifikatiga (Moskva, РУДН) va 2026-yilda "Gumanitar sohadagi yangi ilmiy va ilmiy-metodik loyihalar: ta'lim sifatiga ta'siri" mavzusida amaliyot/ilmiy-uslubiy malaka oshirish kursini tugatganligi haqida sertifikatiga (Qozog'iston, M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti) ega bo'ldi. 2019-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Gumanitar fanlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi va usullari” va “Jahon madaniyatida slavyan va turkiy tillar” ilmiy-amaliy konferensiyalariga moderatorlik qilgan. Xozirgacha 46 ilmiy maqolalar va tezislar muallifidir. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). O‘quv materiallarini ishlab chiqish, ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv natijalarini baholash hamda lingvistika va pragmatika sohasida tadqiqotlar olib borish bo‘yicha amaliy tajribaga ega.

Djusupova Unglasin Talibbayevna

PhD, Dotsent

Djusupova Unglasin Talibbayevna

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Filolog, rus tili va adabiyoti mutaxassisi, qiyosiy tilshunos. Hozirda Xalqaro Nordik universiteti Chet tillari kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritadi. 2001-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Rus filologiyasi fakultetini bakalavr darajasi bilan, 2003-yilda esa ushbu universitet magistraturasini “Lingvistika (rus tili)” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2023-yil 28-aprelda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy kengashda 10.00.06 ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Umumiy mehnat faoliyati 27 yil, pedagogik tajribasi 15 yilni tashkil etadi. Rus tili stilistikasi, hozirgi rus tili, qiyosiy tipologiya, matn lingvistikasi, umumiy va rus variologiyasi kabi fanlardan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar olib borgan. Darslarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalari, muammoli ta’lim, ma’ruza-vizualizatsiya va interfaol metodlardan samarali foydalanadi. Ilmiy izlanishlarining asosiy yo‘nalishlari — fonologiya, prosodiya, so‘z urg‘usi, singarmonizm va qiyosiy tilshunoslik. 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, shuningdek, o‘quv qo‘llanma muallifi. O‘zbek tilining orfoleksikoni va morfologik analizatorini yaratishga qaratilgan IL-402104209-sonli amaliy loyihada ilmiy xodim sifatida qatnashgan. Ularning ilmiy rahbarligida 15 nafardan ortiq magistrant magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Hozirda uning ilmiy rahbarligida doktorantlar ham dissertatsiya tadqiqotlarini olib bormoqda. Yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, dissertatsiyalar va avtoreferatlarga taqrizlar tayyorlaydi. Universitetning ilmiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarida faol ishtirok etadi.

Rsaliyev Arman Turdibekovich

v.b dotsent

Rsaliyev Arman Turdibekovich

Filolog (Lingvistika) Xalqaro Nordik universiteti Chet tillari kafedrasi v.b. dotsenti lavozimida ish yuritadi. 2002–2006-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat, 2006–2008-yillarda magistratura bosqichlarida tahsil olgan. 2008–2012-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida, hamda 2012–2015-yillarda O‘zbekiston jahon tillari universiteti qoshidagi 3-akademik litsey va Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 3-akademik litseylarda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2015–2024-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 2022-yilda Webster universitetida Adjunct Professor sifatida faoliyat yuritgan. 2024–2025-yillarda Yangi asr universitetida, 2025–2026-yillarda Fan va texnologiyalar universitetida faoliyat olib borgan. 2025-yilda o‘z ilmiy dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Pedagogik faoliyatining umumiy tajribasi 17 yilni, oliy ta’limdagi ish staji 14 yilni tashkil etadi. 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya hamda 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.