Unda yangi o‘quv yilining muhim vazifalari, akademik jarayonlar va zamonaviy ta’lim talablari atroflicha muhokama qilinmoqda.
Seminar davomida fakultet dekanlari, Akademik ishlar va Xalqaro aloqalar departamentlari boshliqlari tomonidan professor-o‘qituvchilarning akademik mas’uliyati, o‘quv-uslubiy faoliyati, akademik intizomi hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim yondashuvlar haqida amaliy ma’lumotlar berilyapti.
Shuningdek, ECTS kredit-modul tizimi, davomat va baholash tartibidagi yangiliklar yuzasidan zarur tushunchalar taqdim etildi.
Seminar ishtirokchilariga SmartNordik.bot platformasining imkoniyatlari ham namoyish etilib, undan kundalik akademik faoliyatni yanada qulay va samarali tashkil etishda foydalanish yo‘llari ko‘rsatib berildi.
Xalqaro hamkorlik masalalariga ham e’tibor qaratildi. Akademik mobillik, xorijiy universitetlar bilan qo‘shma tashabbuslar, xalqaro loyihalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Sifatli ta’lim avvalo kuchli, zamonaviy fikrlaydigan va yangilikka intiladigan akademik jamoadan boshlanadi. Nordikdagi seminar-trening ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, hamkorlikni kuchaytirish va har bir pedagogning imkoniyatini yanada kengaytirishga qaratilgan muhim maydon bo‘lmoqda.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yiliga yangi yondashuv: Nordikda katta akademik tayyorgarlik

September 03 , 2026
52
Yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan seminar-trening davom etmoqda.

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish

Ko‘rib chiqish



