Yangi kuch va taassurotlar olindi!

Yangi kuch va taassurotlar olindi!

March 11 , 2023

|

1748

XNU sirtqi ta’lim talabalariga Toshkent bo‘ylab diqqatga sazovor joylarga sayohat uyushtirildi.

🎓 Talabalarimizni ezgu maqsadlarga ilhomlantirish, "oltin davr"larini esda qolarli o‘tishiga hissa qo‘shish maqsadida poytaxtimizning diqqatga sazovor manzillariga sayohatlar uyushtirilmoqda.

📍 Bugun sirtqi ta’lim shakli talabalari mazmunli kun o‘tkazdilar:

📖 "Adiblar xiyoboni"ga tashrif buyurib, atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosi haqida ma’lumot oldilar.

🏛 Islom Karimov nomidagi majmua hamda "Magic City"ga tashrif ham unutilmas taassurotlar qoldirdi.

💫 Bunday tadbirlar talabalar uchun yangi bilimlar va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi!