Xotira uyg‘onsa go‘zaldir...

Xotira uyg‘onsa go‘zaldir...

May 20 , 2023

|

1804

XNU va Kattaqo‘rg‘on shahrida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi. Tadbirda sobiq bitiruvchilar, faxriy ustozlar va joriy yil bitiruvchilari ishtirok etdilar.

Xalqaro Nordik universiteti va Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Ochildimurod Miriy nomidagi 2-IDUMda "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Bu uchrashuv ustozlar va do‘stlar diydori orqali ko‘ngillarga quvonch ulashdi.

📌 Uchrashuvda ishtirok etganlar:

🔹 1993-yilda 2-o‘rta maktabni tamomlagan va hozirda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan sobiq bitiruvchilar;

🔹 Ustozlari – hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy-muallimlar;

🔹 Joriy yilda maktabni bitirayotgan 11-sinf o‘quvchilari hamda ularning o‘qituvchilari.

🟢 Tadbirda maktabning sobiq bitiruvchisi – Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov ham ishtirok etdi.