XNU ko‘magida O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Finlandiyada stajirovka o‘tashmoqda

XNU ko‘magida O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Finlandiyada stajirovka o‘tashmoqda

January 16 , 2024

|

1811

XNU ko‘magida Finlandiyada stajirovka boshlandi.

Xalqaro Nordik universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Odil Qo‘ysinov boshchiligidagi delegatsiyaning Finlandiyaga ta'lim safari boshlandi.

O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari uchun xorijda stajirovka oldidan seminar-trening o‘tkazilib, delegatsiya rahbari tomonidan zarur yo‘riqnomalar berildi.

Fin tili o‘qituvchisi Johanna Järveläinen seminar ishtirokchilariga Finlandiya ta'lim tizimi, o‘qitish metodikasi bo‘yicha keng ma'lumotlar berdi.