Xalqaro Nordik universiteti Ilmiy seminarida ilk himoya ishi yoqlandi

Xalqaro Nordik universiteti Ilmiy seminarida ilk himoya ishi yoqlandi

May 27 , 2023

|

546

XNU ilmiy seminarida Qobiljon Isayevning PhD dissertatsiyasi yoqildi.

XNU huzuridagi 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tashkil etilgan Ilmiy seminarda

Qobiljon Isayev Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

📌 Ma’ruzachi o‘zining “Ko‘zi ojizlar ishtirokidagi sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish istiqbollari” mavzusidagi tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy xulosalari hamda amaliy tavsiyalari bilan seminarda ishtirokchilarni batafsil tanishtirdi.

🗣 Ilmiy ish savol-javoblar asosida keng muhokama etildi va munosib baholandi.

Chop etish

So'nggi yangiliklar

Deputatlar va yoshlar: g‘oya, tashabbus va imkoniyat

Deputatlar va yoshlar: g‘oya, tashabbus va imkoniyat

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligidagi uchrashuvda ochiq va samimiy muloqot muhiti yaratildi.


Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Gulshana Xudoyarova va Aziza Aminova, shuningdek, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mudiri Dilnoza Tajieva o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. 


Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, talabalar tashabbuslarini amaliyotga joriy etish yo‘llari, davlat va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi. 


Uchrashuvda bugungi yoshlar faqat bilim oluvchi emas, jamiyatdagi o‘zgarishlar tashabbuskori sifatida shakllanishi zarurligi taʼkidlandi.


Nordik ustozlarining qo‘llanmalari rasmiy tasdiqdan o‘tdi!

Nordik ustozlarining qo‘llanmalari rasmiy tasdiqdan o‘tdi!

 Tasdiqlangan qo‘llanmalar:


🔹 “Ma’lumotlarni boshqarish tizimlari 1”

Mualliflar: Istoraxon Abdusalomova, Doniyorbek Usmanbayev, Fotima Sofoyeva. 


🔹 “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”

Muallif: Fotima Islamova. 


🔹 “Musiqa o‘qitish metodikasi”

Muallif: Dilnozaxon Sabirdjanova. 


🔹 “Psixologik trening asoslari”

Muallif: Mansur Xolmatov. 


🔹“Maktabgacha ta’limda etnopedagogika”

Muallif: Marg‘uba Xasanova. 


💡 Ushbu qo‘llanmalar nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan, zamonaviy ta’lim talablariga javob beruvchi, talabalar uchun qulay va samarali metodik manba sifatida xizmat qiladi.


Bu yutuqlar universitetimiz ilmiy salohiyati va ta’lim sifatiga qo‘shilayotgan navbatdagi muhim hissalardir.

Mamlakatlar paradi: turli xalqlar qadriyatlari — talabalar nigohida

Mamlakatlar paradi: turli xalqlar qadriyatlari — talabalar nigohida

Har bir jamoa bir xorijiy davlat vakillari sifatida namoyon bo‘ldilar. Har bir chiqish bir xalq tarixini aks etdi, taomlar ko‘rgazmalarida esa milliy taomlar boyligi, gastronomik xilma-xillik o‘z aksini topdi.


Amerika, Fransiya, Finlandiya, Turkiya, Koreya, Italiya va boshqa davlatlar oshxonasi taqdim etildi va talqin qilindi.


Ayniqsa, jonli musiqa, talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bayramni bezadi. 


Anjumanda talaba-yoshlar ijodiy mehnat va mahoratlari bilan birga keng dunyoqarashlarini ham namoyish etdilar. 


Eng yaxshi dasturxon, kostyum, sahna g‘oyasi, dekoratsiya, ta’m va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Har bir jamoaning mehnati, tafakkuri va jamoaviy ruhiga munosib baho berildi. 


“Mamlakatlar paradi” bu butun dunyoning kichik modeli ham bo‘ldi. Madaniyatlararo chegaralar yo‘q, til to‘siqlari yo‘q. Ijod, hurmat va o‘zaro qiziqish hamda qarashlar uyg‘unligida bayram qilindi.


Milliy identivlik: uch ming yillik xotira va bugungi ong

Milliy identivlik: uch ming yillik xotira va bugungi ong

Ijtimoiy fanlar va jurnalistika kafedrasi professori, f.f.d. Yulduz Ortiqova muallifligidagi “Milliy identivlik va OAV” darsligida zamonaviy jurnalistikaning eng nozik va dolzarb masalalaridan biri — milliy o‘zlikni anglash va uni axborot makonida to‘g‘ri ifodalash masalasi ilmiy asosda yoritilgan. 


Taqdimot marosimida “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri, f.f.f.d. Salim Doniyorov hamda O‘zJOKU professori, f.f.d. Fayzulla Mo‘minov ishtirok etib, mazkur asarning ilmiy, ma’naviy va amaliy ahamiyatiga chuqur baho berdilar. 


Talabalar taqdimotda nafaqat yangi darslik, balki boy hayotiy tajriba va ijodiy qarashlar bilan yuzma-yuz bo‘lishdi.


Ustoz maʼruzachilar — professor Fayzulla Mo‘minov va Najmiddin Qodirov milliy identivlikning tarixiy shakllanish jarayoniga e’tibor qaratib, uning osonlik bilan emas, sinovlar, yo‘qotishlar bilan bugungi avlodga yetib kelganini alohida ta’kidladilar. Milliy identivlik uch ming yillik millat xotirasi, sha’ni va kelajagi bilan bog‘liq murakkab, muhim tushuncha ekanini qayd etdilar. 


Salim Doniyorov masalaga yanada kengroq ijtimoiy-falsafiy yondashib, bugungi globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni asrab qolish ongli tanlov ekanini urg‘uladi.


“Biz — oilani, ota-onani, qadriyatni, ildizni muqaddas biladigan jamiyatmiz. Shu jihatimiz bilan kosmopolit qarashlardan farq qilamiz.”


Uning yana bir muhim fikri talabalar uchun o‘ziga xos hayotiy qo‘llanma bo‘ldi:


“Faqat motivatsiya yetarli emas — uni intizom va tizim bilan mustahkamlash kerak.”


Kitob taqdimotida alohida urg‘u berilgan jihatlardan biri — milliy identivlikni noto‘g‘ri talqin qilish xavfi bo‘ldi. Ta’kidlandiki, milliy o‘zlik — bu o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish emas, balki barcha millatlarni hurmat qilgan holda o‘z qadriyatlarini anglash va himoya qilishdir. Aynan shu yondashuv bugungi jurnalistikaning etik mezonlarini belgilab beradi.


Mazkur darslik nafaqat nazariy bilimlar to‘plami, balki amaliy qo‘llanma sifatida ham katta ahamiyatga ega. Kitob jahon olimlarining ilmiy qarashlari asosida boyitilgan. Mavzular oxirida berilgan topshiriqlar orqali tahliliy va ijodiy fikrlash rivojlantiriladi, mavzularni chuqurroq anglash imkonini beradi. 


Kitob jurnalistlarda milliy, madaniy va ijtimoiy kontekstda voqealarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishda ham qo‘l keladi. 


Tadbir yakunida Salim Doniyorov “Yangi O‘zbekiston orzusi” kitobini universitet kutubxonasiga sovg‘a qildi. Bu esa yangi ilmiy hamkorlik va ma’naviy aloqalarning yana bir ramziy ifodasi bo‘ldi.


Tadqiqotchi-muallif ustoz Yulduzxon Ortiqovaning “Milliy identivlik va OAV” darsligi fikr va mas’uliyat, qadriyat va professionallik o‘rtasidagi nozik muvozanatni o‘rgatuvchi ilmiy maktab mahsuli hamdir. Chunki jurnalist nafaqat axborotni yetkazadi — balki jamiyat tafakkurini shakllantiradi. Ijtimoiy fanlar va jurnalistika kafedrasi va talabalar jamoasi muallifni samimiy qutlab, kitob uchun minnatdorchilik bildirdilar. 


Tadbir davomida mehmonlar universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib, ilmiy hamkorlikni kengaytirishlarini ham bildirdilar.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish